https://oz.sputniknews.uz/20210824/jahon-kino-yulduzlarining-toshkent-xalqaro-kinofestivaliga-tashrif-buyurishi-kutilmoqda-20216830.html
Jahon kino yulduzlarining Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurishi kutilmoqda
Jahon kino yulduzlarining Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining maxsus ishchi guruhi o‘z ish faoliyatini boshladi. 24.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-24T15:21+0500
2021-08-24T15:21+0500
2021-08-24T15:21+0500
madaniyat
festival
film
o‘zbekiston kinematografiya agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20216659_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_75e72efc6f2baaa637758340f69a85ef.jpg
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Bugun “Ipak yo‘li durdonasi” XIIIToshkent xalqaro kinofestivali ishchi guruhi – shtabi o‘z faoliyatini boshladi. Uning to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun “O‘zbekfilm” kinokonsernida alohida pavilon tashkil etilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Agentlik matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent festivalining tarixi sinchiklab o‘rganib chiqilgan – o‘sha paytda qanday tadbirlar o‘tkazilgan, qanday o‘ziga xosliklar bo‘lgan – va bularning barchasi 28-sentabr – 3-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan festivalda yangi ko‘rinishda aks etadi.Festival kun tartibi nihoyatda tig‘iz, shu sababli anjuman doirasidagi ijodiy tadbirlar ancha oldinroq boshlanadi. Misol uchun, 6-30 sentabr kunlari “Adiblar xiyoboni” turkumidagi filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.“Dunyo kinosi yangi O‘zbekistonda” yosh kinoijodkorlar festivalida ishtirok etish uchun shu paytga qadar 2000 ta film taqdim etildi. Ishchi guruh ularni ko‘rib chiqishni boshladi.Yana bir qiziqarli tadbir – “Kino 5 kunda” deb nomlanadi. Unga ko‘ra, har biri to‘rt kishidan iborat ijodiy guruhlar O‘zbekistonning tarixiy va e’tiborga molik maskanlariga yuboriladi. Ular besh kun davomida film yaratib, hay’at hukmiga havola etadi. Bu yo‘nalish ham xorijliklarda kuchli qiziqish uyg‘otapti.“Mazkur kino bayrami yoshlar uchun ulkan mahorat maktabi vazifasini o‘taydi. Yoshlar men ham festivalda qatnashsam, deb orzu qiladi, shunga intiladi”, - deydi taniqli kinorejissor Hilol Nasimov.Ko‘pchilikni qiziqtirgan savollardan biri – festivalga jahon kino yulduzlari ham tashrif buyuradimi? Agentlik bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mashhur ijodkorlarning ishtiroki bo‘yicha bir qancha kelishuvlarga erishilgan, yana ayrimlari bilan muzokaralar davom etmoqda.Festival doirasida eng ahamiyatli voqealardan biri 1 oktbr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayapti – shu kuni Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialining ochilish marosimi o‘tkaziladi. Darvoqe, festivalda rossiyalik kinoijodkorlar ham bir nechta film bilan ishtirok etadi.Bugungi kunda kinoanjuman dasturidan o‘rin olgan kartinalarni o‘zbekchalashtirish ishlari davom etmoqda. Ular nafaqat poytaxtda, balki Respublikaning barcha hududlarida namoyish etiladi. Shu maqsadda 30-sentabr kuni Toshkentda va viloyatlarda o‘nga yaqin yangi kinoteatrlar ochiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210620/toshkent-xalqaro-kinofestivali-otkaziladigan-sana-malum-boldi-19317376.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20216659_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_cbed089b61f1576c52201800a6882818.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, festival, film, o‘zbekiston kinematografiya agentligi
madaniyat, festival, film, o‘zbekiston kinematografiya agentligi
Jahon kino yulduzlarining Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurishi kutilmoqda
“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining maxsus ishchi guruhi o‘z ish faoliyatini boshladi.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Bugun “Ipak yo‘li durdonasi” XIIIToshkent xalqaro kinofestivali ishchi guruhi – shtabi o‘z faoliyatini boshladi. Uning to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun “O‘zbekfilm” kinokonsernida alohida pavilon tashkil etilgan, deb xabar qilmoqda
Sputnik muxbiri.
“Bugungi tadbir bahona turli tashkilotlarning ijodiy kuchlarini birlashtirishni niyat qilganmiz, - deydi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. - Biz ushbu kinoanjumanni yuqori darajada o‘tkazishimiz lozim, chunki juda ko‘p xorijlik ijodkorlar, Toshkent festivalining ilgarigi ishtirokchilari ham shunday istak bildirishayapti – toki eski an’analar yangi shaklda davom etsin”.
Agentlik matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent festivalining tarixi sinchiklab o‘rganib chiqilgan – o‘sha paytda qanday tadbirlar o‘tkazilgan, qanday o‘ziga xosliklar bo‘lgan – va bularning barchasi 28-sentabr – 3-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan festivalda yangi ko‘rinishda aks etadi.
Festival kun tartibi nihoyatda tig‘iz, shu sababli anjuman doirasidagi ijodiy tadbirlar ancha oldinroq boshlanadi. Misol uchun, 6-30 sentabr kunlari “Adiblar xiyoboni” turkumidagi filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.
“Dunyo kinosi yangi O‘zbekistonda” yosh kinoijodkorlar festivalida ishtirok etish uchun shu paytga qadar 2000 ta film taqdim etildi. Ishchi guruh ularni ko‘rib chiqishni boshladi.
Yana bir qiziqarli tadbir – “Kino 5 kunda” deb nomlanadi. Unga ko‘ra, har biri to‘rt kishidan iborat ijodiy guruhlar O‘zbekistonning tarixiy va e’tiborga molik maskanlariga yuboriladi. Ular besh kun davomida film yaratib, hay’at hukmiga havola etadi. Bu yo‘nalish ham xorijliklarda kuchli qiziqish uyg‘otapti.
“Mazkur kino bayrami yoshlar uchun ulkan mahorat maktabi vazifasini o‘taydi. Yoshlar men ham festivalda qatnashsam, deb orzu qiladi, shunga intiladi”, - deydi taniqli kinorejissor Hilol Nasimov.
Ko‘pchilikni qiziqtirgan savollardan biri – festivalga jahon kino yulduzlari ham tashrif buyuradimi? Agentlik bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mashhur ijodkorlarning ishtiroki bo‘yicha bir qancha kelishuvlarga erishilgan, yana ayrimlari bilan muzokaralar davom etmoqda.
“Lekin hozircha ularning kimligi sir bo‘la qolsin, vaqti kelganda, albatta oshkor qilinadi”, - dedi Firdavs Abduxoliqov.
Festival doirasida eng ahamiyatli voqealardan biri 1 oktbr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayapti – shu kuni Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialining ochilish marosimi o‘tkaziladi. Darvoqe, festivalda rossiyalik kinoijodkorlar ham bir nechta film bilan ishtirok etadi.
Bugungi kunda kinoanjuman dasturidan o‘rin olgan kartinalarni o‘zbekchalashtirish ishlari davom etmoqda. Ular nafaqat poytaxtda, balki Respublikaning barcha hududlarida namoyish etiladi. Shu maqsadda 30-sentabr kuni Toshkentda va viloyatlarda o‘nga yaqin yangi kinoteatrlar ochiladi.