Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov senator bo‘ldi

© Facebook / ChilanzarXokim Chilanzarskogo rayona Davron Xidoyatov
Xokim Chilanzarskogo rayona Davron Xidoyatov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Obuna bo‘lish
Deputatlarning 518 nafari Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatovni yoqlab ovoz bergani ma’lum qilindi
TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Senat a’zosi etib saylandi.
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Toshkent viloyati hokimligi matbuot-xizmati xabar berdi.
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2021
Bundan keyin uylar “korobka” holatida topshirilmaydi - Hidoyatov
"Sanoq komissiyasi xulosasiga ko‘ra, qo‘shma majlisda 535 ta deputat ishtirok etib, ovoz berish jarayonlariga 531 kishi qatnashdi. Shundan 4 ta saylov blyuteni haqiqiy emas, deb topildi, 9 ta blyutendan foydalanilmadi. ️Qo‘shma majlisda ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning 518 nafari Davron Hidoyatovni yoqlab ovoz bergani ma’lum qilindi. Shunday qilib, viloyat hokimi mutloq ko‘pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi", - dedi suhbatdosh.
Ta’kidlanishicha, qo‘shma yig‘ilishda Hidoyatov so‘z olib, bildirilgan ishonch uchun xalq vakillariga minnatdorlik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Davron Hidoyatov joriy yilning 19-martida prezident taklifiga binoan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0