Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024-yilga qadar uzaytiriladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishTopor, votknutiy v pen
Topor, votknutiy v pen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Obuna bo‘lish
Prezident topshirig‘i bilan Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etiladi.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekistonda daraxtlarni kesishga moratoriy 2024-yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan. Biroq, shunga qaramasdan, o‘tgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan.
Shu bois, Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etiladi.
Uning zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonyerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi.
Ekologiya politsiyasi Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritadi.
Shu bilan birga, ekologiya sohasida qo‘llaniladigan jarimalar miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya miqdori 2 baravar oshiriladi.
“Barcha rahbarlar bir narsani aniq eshitib olsin. Bundan buyon birorta “yashil hudud” va jamoat parkida har qanday daraxtlarni kesish qat’iyan taqiqlanadi”, - dedi prezident.
Chinara v mestechke Sayrob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Joylarda daraxtlarni saqlash bo‘yicha guruhlar tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0