Afg‘onistondagi voqealar o‘zbek elektr energiyasini yetkazib berishga ta’sir ko‘rsatdimi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston odatdagi ravishda Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni davom ettirmoqda.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Qo‘shni mamlakatdagi notinch vaziyatga qaramasdan, O‘zbekiston odatdagi ravishda Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib bermoqda. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat Energetika vazirligi vakili ma’lum qildi.
“Elektr energiyasini yetkazib berish davom ettirilmoqda, muammo yo‘q”, - degan manba.
Vazirlik vakili yoz oylarida afg‘on tomoni Tojikistondan importning oshishi sabab O‘zbekistondan elektr energiyasi iste’molini an’anaviy ravishda kamaytirishini aytgan.
S kompaniyey Masdar podpisani soglasheniya po dvum solnechnim elektrostansiyam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
“Masdar” bilan ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi
Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Afg‘onistonning "Da Afghanistan Breshna Sherkat" kompaniyasi (DABS) o‘rtasida 10-yil muddatga elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolagan.

Afg‘onistondagi vaziyat

Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashgan: so‘nggi haftalarda toliblar* hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qo‘lga olgan.
15 avgust kuni “Tolibon”* a’zolari poytaxt Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish maqsadida” Afg‘onistonni tark etdi. Hozir u BAAdan boshpana topgan.
16 avgustga o‘tar kechasi toliblar* siyosiy ofisining vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq bo‘lishini ma’lum qildi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0