“UzAuto Motors” kompaniyasiga yangi bosh direktor tayinlandi

© Press-slujba UzAuto MotorsBu Andersson
Bu Andersson - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Obuna bo‘lish
Shvetsiyalik Bu Andersson "UzAuto Motors" va "UzAutoMotors Powertrain"larning bosh direktori bo‘ldi.
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Bu Andersson "UzAuto Motors" va "UzAuto Motors Powertrain" bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
2017 yildan buyon tayinlovga qadar Andersson eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan "Yazaki Europe, Africa, North & South America" korporatsiyasiga rahbarlik qilgan.
65 yoshli shvetsiyalik mutaxassis (1955 yilda tug‘ilgan) 2009-yildan 2013-yilgacha "Gruppa GAZ" korxonasiga prezident etib tayinlangan. 2014-yildan 2016-yilgacha "AvtoVAZ" OAJ prezidenti bo‘lgan.
Avtomobili UzAuto Motors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
UzAuto navbatni sotishni biznesga aylantirgan shaxslarni aniqladi
1993 yildan 2009-yilgacha xarid yo‘nalishida turli rahbar lavozimlarni egallagan va 2001−2009 yillarda "General Motors"ning global xarid bo‘linmasiga rahbarlik qilgan. Bungacha u Shvetsiyada harbiy faoliyatini davom ettirishga harakat qilgan.
Bungacha “GM Uzbekistan”ni (keyinchalik “UzAuto Motors”) 2016-yildan beri Rustam Radjabov boshqarib kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0