Toliblar prezident G‘anini ta’qib qilmaslikka va’da berishmoqda

© AFP 2023 / SAJJAD HUSSAINPrezident Afganistana Ashraf Gani
Prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Obuna bo‘lish
"Tolibon"* harakati Afg‘oniston prezidenti Ashrf G‘aniga afv e’lon qildi
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. "Tolibon" radikal harakati jangarilari Afg‘oniston toliblar qo‘liga o‘tgach, mamlakatdan qochib ketgan prezident Ashrf G‘anini ta’qib qilmaslik haqida bayonot bilan chiqish qildilar. Bu haqda EADaily portali xabar bermoqda.
Amerikanskiy voyenniy v aeroportu Kabula, 20-avgusta 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
“Tolibon” AQSh uchun “qizil chiziq” belgiladi
"Bizning tomon barchani - generaldan tortib oddiy odamnida afv etmoqda", - deb aytgan toliblarning oliy martabali yetakchilaridan biri Xalil ur-Rahmon Xaqqoniy.
"Tolibon"* va Afg‘onistonni tark etgan sobiq prezident yoki boshqa amaldorlar o‘rtasida dushmanlik yo‘q. Agar ular qaytish istagini bildirishisa, ularni hech kim ta’qib qilmaydi, deya ishontirgan Haqqoniy.
Toliblar vakilining aytishicha, harakat vakillari kimdandir o‘ch olishi to‘g‘risidagi mish-mishlarni "dushmanlar tarqatmoqda", mamalakatda yashayotgan millatlar esa, uning aytishicha, "o‘zlarini hotirjam his etaverishlari mumkin".
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapresheno v RF) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2021
Toliblar Panjsher yetakchisiga taslim bo‘lish uchun 4 soat vaqt berdi
AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilgach, "Tolibon"* harakati jangarilari mamlakat hududini bosib olishni boshladilar va 15-avgust kuni Qobulga kirib keldilar.
Respublika prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi. Vitse-prezident Amrulla Solix o‘zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qildi va afg‘on poytaxti shimolidagi hududlarda toliblarga qarshi harakatlarni tashkillashtirdi.
Sal avval "Tolibon"* harakatining yuzlab a’zolari o‘zlarining nazoratida bo‘lmagan Panjsherga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rishayotgani haqida xabar bergan edik.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0