Qarshidagi qamoqxonada 19 yoshli yigit lezvie bilan o‘z badanini tilib tashlagani aytilmoqda

© Sputnik / Aleksey FilippovAvtomobil dlya perevozki podozrevayemix i obvinyayemix
Avtomobil dlya perevozki podozrevayemix i obvinyayemix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Obuna bo‘lish
Sal avval mahalliy saytlarda Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilgani, holat yuzasidan Qarshi maxsus prokurori xodimlarga nisbatan ish qo‘zg‘atganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Qarshidagi manzil-koloniyadagi mahkumlardan biri soqol olish uchun mo‘ljallangan olmos bo‘lagi (lezvie) bilan qornini va qo‘llarini 3-4 marta tilgan.
Bu haqda bosh prokuratura matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Sal avval mahalliy saytlarda Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilgani, holat yuzasidan Qarshi maxsus prokurori xodimlarga nisbatan ish qo‘zg‘atganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bosh prokuraturaning rasmiy axborotida aytilishicha, "Qarshi shahridagi manzil-koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum D.J. muassasada joylashgan oziq-ovqat do‘konidan chiqib, cho‘ntagida bo‘lgan soqol olish uchun mo‘ljallangan olmos bo‘lagi (lezvie) bilan qornini va qo‘llarini 3-4 marotaba tilgan. Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mahkumda yengil tan jarohatlari aniqlangan".
Qarshi maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qarshi maxsus prokurori koloniya xodimlariga nisbatan ish qo‘zg‘atganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deyiladi BP xabarida.
Yangiliklar lentasi
0