https://oz.sputniknews.uz/20210823/putin-afgonistondan-kxshtga-radikal-islomchilar-otishiga-yol-qoymaslikka-chaqirdi-20200448.html
Putin Afg‘onistondan KXShTga radikal islomchilar o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi
Putin Afg‘onistondan KXShTga radikal islomchilar o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXShTga radikal islom kirib kelishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi 23.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-23T16:01+0500
2021-08-23T16:01+0500
2021-08-23T16:01+0500
siyosat
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1e/19483500_0:194:2047:1345_1920x0_80_0_0_73e86d0a7dc7e4dba1160f5f4bbf5de8.jpg
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afg‘onistondan KXShT mamlakatlari hududiga radikal islom kirib kelishi va fuqarolar jangarilar safiga yollanishiga yo‘l qo‘ymaslikni muhim, deb hisoblaydi. Bu haqda dushanba kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanida Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov xabar qilgan."Qayd etildiki, KXShTga a’zo davlatlar hududiga radikal islomizm kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik va mamlakatlarimiz fuqarolarining ekstremistlar safiga, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va internet yordamida ham yollanishining oldini olish muhim ahamiyatga ega. Avvalgidek afg‘on narkotrafiki muammosi o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas, shu bois, KXShT liniyasi bo‘yicha ham bu borada voqealar qanday rivojlanishini diqqat bilan kuzatib borish zarur", - degan Peskov.Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan KXShT kollektiv xavfsizlik kengashi dushanba kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida video-anjuman shaklida o‘tkazildi.Afg‘onistondagi vaziyat toliblarning so‘nggi haftalarda yirik shaharlarga hujumlaridan keyin o‘tkir tus oldi. OAV va manbalar 15-avgust kuni isonchilar barcha chegara o‘tish yo‘llarini nazorat qilishayotgani haqida xabar berdilar. Xuddi o‘sha kuni sal kechroq jangarilar Qobulga kirib bordi va prezident saroyini o‘z nazoratiga oldi.Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. O‘tgan dushanbaga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qilgan edi.* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi uyushma.
https://oz.sputniknews.uz/20210823/mirziyoev-kxtsh-sammitida-mehmon-sifatida-ishtirok-etadi---asadov-20193650.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1e/19483500_0:2:2047:1537_1920x0_80_0_0_dbc11cdf6c2d83c4cb9a669a31c0863a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Putin Afg‘onistondan KXShTga radikal islomchilar o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXShTga radikal islom kirib kelishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afg‘onistondan KXShT mamlakatlari hududiga radikal islom kirib kelishi va fuqarolar jangarilar safiga yollanishiga yo‘l qo‘ymaslikni muhim, deb hisoblaydi. Bu haqda dushanba kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanida Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov xabar qilgan.
"Qayd etildiki, KXShTga a’zo davlatlar hududiga radikal islomizm kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik va mamlakatlarimiz fuqarolarining ekstremistlar safiga, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va internet yordamida ham yollanishining oldini olish muhim ahamiyatga ega. Avvalgidek afg‘on narkotrafiki muammosi o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas, shu bois, KXShT liniyasi bo‘yicha ham bu borada voqealar qanday rivojlanishini diqqat bilan kuzatib borish zarur", - degan Peskov.
Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan KXShT kollektiv xavfsizlik kengashi dushanba kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida video-anjuman shaklida o‘tkazildi.
Afg‘onistondagi vaziyat toliblarning so‘nggi haftalarda yirik shaharlarga hujumlaridan keyin o‘tkir tus oldi. OAV va manbalar 15-avgust kuni isonchilar barcha chegara o‘tish yo‘llarini nazorat qilishayotgani haqida xabar berdilar. Xuddi o‘sha kuni sal kechroq jangarilar Qobulga kirib bordi va prezident saroyini o‘z nazoratiga oldi.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. O‘tgan dushanbaga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qilgan edi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi uyushma.