https://oz.sputniknews.uz/20210823/afgonistonlik-ishbilarmon-kobulning-bunchalik-tez-qulashini-kutmagandik-20192445.html
Afg‘onistonlik ishbilarmon: Kobulning bunchalik tez qulashini kutmagandik
Afg‘onistonlik ishbilarmon: Kobulning bunchalik tez qulashini kutmagandik
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda hukumat o‘zgargandan keyin minglab kishilar mamlakatni Kobul aeroporti tark etishga urinmoqda. 23.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-23T10:14+0500
2021-08-23T10:14+0500
2021-08-23T10:14+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
afg‘oniston
tolibon
tadbirkor
termiz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/16/20189531_0:320:3071:2047_1920x0_80_0_0_7730913551cd2ddea08c46d6f8c4f0ca.jpg
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Boshqa davlatlarda yashayotgan va ishlayotgan Afg‘oniston fuqarolari o‘z vatanida ro‘y berayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatishmoqda. Ulardan biri bir necha yildan buyon Termizda istiqomat qilib kelayotgan ishbilarmon Faridulloh Hasanzoda. U Sputnik muxbiri bilan suhbatda hukumat armiyasi bunchalik tez taslim bo‘lganidan shok holatiga tushganini yashirmadi.Hasanzoda 2018-yilda Termizga kelgan va shaharda o‘z restoranini ochgan. Uning restorani shaharga keladigan afg‘onlar va mahalliy aholi orasida mashhur.Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik aytaptiki, hozirgi toliblar* hukumatni 1990-yillar o‘rtasida qo‘lga olganlardan farq qiladi. Tadbirkor hukumat o‘zgargandan so‘ng darhol o‘zbek-afg‘on chegarasidagi ishni qayta tiklashga muvaffaq bo‘linganidan xursandchiligini yashirmadi. Chunki bu har qanday savdo-sotiq uchun juda muhim sanaladi.“Termiz chegara oldidagi shahar, albatta, bu yerga tez-tez Afg‘onistondan mehmonlar kelib turadi, shu bois mijozlar soni biroz kamaydi. Lekin restoranimizga mahalliy aholi ham kelib turadi, chunki biz ishlab turibmiz”, - dedi Hasanzoda.Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov bilan uchrashuv yakunlari ham umid bag‘ishlamoqda, chunki uchrashuvda hokim biznes vakillariga Kobuldagi yangi hukumat o‘zbek-afg‘on munosabatlariga to‘sqinlik qilish niyatlari yo‘qligini bildirishganini ma’lum qildi.Afg‘onistondagi vaziyatAfg‘onistondagi vaziyat keskinlashgan: so‘nggi haftalarda toliblar* hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qo‘lga olgan.15 avgust kuni “Tolibon”* a’zolari poytaxt Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish maqsadida” Afg‘onistonni tark etdi. Hozir u BAAdan boshpana topgan.16 avgustga o‘tar kechasi toliblar* siyosiy ofisining vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq bo‘lishini ma’lum qildi.* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
https://oz.sputniknews.uz/20210821/ozbek-afgon-chegarasidagi-vaziyat-nazorat-otkazish-punktidan-video-20179936.html
termiz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/16/20189531_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_bb3b0f7d49e789d987b5056e9615be5e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston, tolibon, tadbirkor, termiz
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston, tolibon, tadbirkor, termiz
Afg‘onistonlik ishbilarmon: Kobulning bunchalik tez qulashini kutmagandik
Afg‘onistonda hukumat o‘zgargandan keyin minglab kishilar mamlakatni Kobul aeroporti tark etishga urinmoqda.
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Boshqa davlatlarda yashayotgan va ishlayotgan Afg‘oniston fuqarolari o‘z vatanida ro‘y berayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatishmoqda. Ulardan biri bir necha yildan buyon Termizda istiqomat qilib kelayotgan ishbilarmon Faridulloh Hasanzoda. U
Sputnik muxbiri bilan suhbatda hukumat armiyasi bunchalik tez taslim bo‘lganidan shok holatiga tushganini yashirmadi.
Hasanzoda 2018-yilda Termizga kelgan va shaharda o‘z restoranini ochgan. Uning restorani shaharga keladigan afg‘onlar va mahalliy aholi orasida mashhur.
“Ochig‘ini aytsam, bunaqa voqealar rivojini kutmagandik. Afg‘onistonning o‘z armiyasi, tashqi va ichki siyosati bor edi. Lekin mana bunday ishlab bo‘lib ketdi – hukumat o‘zgardi. Umuman olganda, afg‘onlar urishqoq xalq emas, aksincha tinchliksevar kishilardir. Albatta, bu yerda tashqi kuchlar aralashuvi bor. Yangi hukumat mamlakatni qanday boshqarishini kuzatamiz”, - deydi tadbirkor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik aytaptiki, hozirgi toliblar* hukumatni 1990-yillar o‘rtasida qo‘lga olganlardan farq qiladi. Tadbirkor hukumat o‘zgargandan so‘ng darhol o‘zbek-afg‘on chegarasidagi ishni qayta tiklashga muvaffaq bo‘linganidan xursandchiligini yashirmadi. Chunki bu har qanday savdo-sotiq uchun juda muhim sanaladi.
“Termiz chegara oldidagi shahar, albatta, bu yerga tez-tez Afg‘onistondan mehmonlar kelib turadi, shu bois mijozlar soni biroz kamaydi. Lekin restoranimizga mahalliy aholi ham kelib turadi, chunki biz ishlab turibmiz”, - dedi Hasanzoda.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov bilan uchrashuv yakunlari ham umid bag‘ishlamoqda, chunki uchrashuvda hokim biznes vakillariga Kobuldagi yangi hukumat o‘zbek-afg‘on munosabatlariga to‘sqinlik qilish niyatlari yo‘qligini bildirishganini ma’lum qildi.
Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashgan: so‘nggi haftalarda toliblar* hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qo‘lga olgan.
15 avgust kuni “Tolibon”* a’zolari poytaxt Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish maqsadida” Afg‘onistonni
tark etdi. Hozir u BAAdan
boshpana topgan.16 avgustga o‘tar kechasi toliblar* siyosiy ofisining vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda
urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq bo‘lishini ma’lum qildi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti