https://oz.sputniknews.uz/20210819/ozbekiston-va-rossiya-maktabgacha-talim-tizimi-uchun-mutaxassislarni-tayyorlaydi-20155793.html
O‘zbekiston va Rossiya maktabgacha ta’lim tizimi uchun mutaxassislarni tayyorlaydi
O‘zbekiston va Rossiya maktabgacha ta’lim tizimi uchun mutaxassislarni tayyorlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi departament boshlig‘i Aleksey Vlasov boshchiligidagi delegatsiya vakillari... 19.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-19T17:12+0500
2021-08-19T17:12+0500
2021-08-25T17:24+0500
jamiyat
maktabgacha ta’lim vazirligi (mtv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/13/20155664_0:55:1280:775_1920x0_80_0_0_16347961f50414b15d8509dd9101461a.jpg
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Bugun Maktabgacha ta’lim vazirligida Rossiya Federatsiyasi prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi departament boshlig‘i Aleksey Vlasov boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama etildi.Oliy ta’lim muasssasida 2021-2022 o‘quv yili uchun 8 ta yo‘nalishda jami 400 dan ortiq qabul kvotasi belgilangan. Ayniqsa, “Psixologiya”, “Maktabgacha ta’lim” va “Lingvistika” (rus tilini o‘qitish metodikasi) yo‘nalishlarida tanlov yuqori ekanligi ta’kidlandi.Respublikada so‘nggi 4-yil ichida bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish 27 foizdan 60 foizga yetgani inobatga olinsa, mazkur Universitetda tayyorlanadigan malakali mutaxassislarga ehtiyoj kuchli ekani oydinlashadi.Uchrashuvda vazirlik bilan hamkorlikda “Mittivoy” loyihasi amalga oshirilayotgani, buning uchun 14 ta maktabgacha ta’lim muassasasi tanlab olingani haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini samarali tashkil etishga oid va yil davomida ikki davlat mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/13/20155664_88:0:1193:829_1920x0_80_0_0_0f59f50de723225aa6c4055a68e9686d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktabgacha ta’lim vazirligi (mtv)
jamiyat, maktabgacha ta’lim vazirligi (mtv)
O‘zbekiston va Rossiya maktabgacha ta’lim tizimi uchun mutaxassislarni tayyorlaydi
17:12 19.08.2021 (yangilandi: 17:24 25.08.2021) Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi departament boshlig‘i Aleksey Vlasov boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Bugun Maktabgacha ta’lim vazirligida Rossiya Federatsiyasi prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi departament boshlig‘i Aleksey Vlasov boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Oliy ta’lim muasssasida 2021-2022 o‘quv yili uchun 8 ta yo‘nalishda jami 400 dan ortiq qabul kvotasi belgilangan. Ayniqsa, “Psixologiya”, “Maktabgacha ta’lim” va “Lingvistika” (rus tilini o‘qitish metodikasi) yo‘nalishlarida tanlov yuqori ekanligi ta’kidlandi.
Respublikada so‘nggi 4-yil ichida bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish 27 foizdan 60 foizga yetgani inobatga olinsa, mazkur Universitetda tayyorlanadigan malakali mutaxassislarga ehtiyoj kuchli ekani oydinlashadi.
Uchrashuvda vazirlik bilan hamkorlikda “Mittivoy” loyihasi amalga oshirilayotgani, buning uchun 14 ta maktabgacha ta’lim muassasasi tanlab olingani haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini samarali tashkil etishga oid va yil davomida ikki davlat mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.