https://oz.sputniknews.uz/20210819/chegara-yangi-10-ming-somlik-va-sport-oliy-majlisi-senati-18-yalpi-majlisni-chaqirmoqda-20155221.html
Chegara, yangi 10 ming so‘mlik va sport: Senat 18-yalpi majlisida qanday masalalar ko‘tariladi
Chegara, yangi 10 ming so‘mlik va sport: Senat 18-yalpi majlisida qanday masalalar ko‘tariladi
Sputnik O‘zbekiston
Yig‘ilishda Tashqi ishlar vazirining 2021-yil birinchi yarim yillik faoliyatiga doir axboroti ham eshitiladi. 19.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-19T16:50+0500
2021-08-19T16:50+0500
2021-08-19T16:53+0500
siyosat
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1326/30/13263077_0:134:1281:854_1920x0_80_0_0_adae11760a9647de730bea4f47166a3b.jpg
TOShKENT, 19 avg - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi 26-avgust kuni chaqiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi, "Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida"gi, "O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi, "O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi, "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi, "O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonunlar shular jumlasidandir.Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.Tashqi ishlar vazirining 2021-yil birinchi yarim yillik faoliyatiga doir axboroti ham eshitiladi.Shu bilan bir qatorda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi "Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida"gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlarining ijrosi ustidan parlament nazoratini olib borish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.Shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilinadi.Shu bilan birga, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2020-yildagi va 2021-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyatiga doir hisobotini eshitish hamda prezidentning “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash, Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilishi ham nazarda tutilgan.Shuningdek, Kengash majlisida Markaziy bank tomonidan yangi ko‘rinishdagi 5 000 (besh ming) so‘mlik va 10 000 (o‘n ming) co‘mlik banknotlarning chiqarilishi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210615/ozbekistonda-gender-tenglik---2030-strategiyasi-qabul-qilindi---tanzila-narbaeva-19237327.html
https://oz.sputniknews.uz/20210818/toshkent-va-toshkent-viloyati-chegaralari-qanday-ozgaradi-20127239.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1326/30/13263077_0:0:1139:854_1920x0_80_0_0_3407cf006a4fba0ea3e465ac7dde863b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston oliy majlisi senati
siyosat, o‘zbekiston oliy majlisi senati
Chegara, yangi 10 ming so‘mlik va sport: Senat 18-yalpi majlisida qanday masalalar ko‘tariladi
16:50 19.08.2021 (yangilandi: 16:53 19.08.2021) Yig‘ilishda Tashqi ishlar vazirining 2021-yil birinchi yarim yillik faoliyatiga doir axboroti ham eshitiladi.
TOShKENT, 19 avg - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi 26-avgust kuni chaqiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
"Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi, "Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida"gi, "O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi, "O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi, "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi, "O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonunlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.
Tashqi ishlar vazirining 2021-yil birinchi yarim yillik faoliyatiga doir axboroti ham eshitiladi.
Shu bilan bir qatorda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi "Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risida"gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlarining ijrosi ustidan parlament nazoratini olib borish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilinadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2020-yildagi va 2021-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyatiga doir hisobotini eshitish hamda prezidentning “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash, Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilishi ham nazarda tutilgan.
Shuningdek, Kengash majlisida Markaziy bank tomonidan yangi ko‘rinishdagi 5 000 (besh ming) so‘mlik va 10 000 (o‘n ming) co‘mlik banknotlarning chiqarilishi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.