https://oz.sputniknews.uz/20210819/afgonlar-daryo-orqali-ozbekistonga-qanday-otishi-malum-boldi-20149172.html
Afg‘onlar Amudaryo orqali O‘zbekistonga qanday suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Afg‘onlar Amudaryo orqali O‘zbekistonga qanday suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda hokimiyat Tolibon*ga o‘tgach, mamlakatning minglab fuqarolari zo‘rovonlik va o‘limdan qo‘rqib qo‘shni respublikalarga qochishga urinmoqda. Hatto tabiiy... 19.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-19T14:09+0500
2021-08-19T14:09+0500
2021-08-19T14:17+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
o‘zbekiston
afg‘oniston
qochoq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/13/20144391_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_190b6c26dd386bb278fbb8728bab1390.jpg
TOShKENT, 19 avg — Sputnik, Ramiz Baxtiyarov. Bir necha afg‘onistonlik besh litrli plastik butilkalar yordamida Amudaryo orqali respublikaga suzib o‘tishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston manbasi xabar berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday usul o‘tgan asrning boshidan buyon ma’lum bo‘lgan, u vaqtlarda shishirilgan qo‘y terilari (mesh) qo‘lbola sol sifatida ishlatilgan.Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, katta ehtimol bilan qoidabuzarlar daryo bo‘ylab ancha masofani suzib o‘tishgan va Tojikiston hududi yaqinidagi chegarani kesib o‘tishga harakat qilishgan.Avvalroq 150 nafarga yaqin qochoq O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi vaqtinchalik lagerga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Mamlakatga samolyot bilan kelgan yana bir necha yuz afg‘on harbiy xizmatchisi mahalliy o‘quv poligoni hududiga joylashtirildi.Shu bilan birga, Toshkent Afg‘onistondan xorijiy fuqarolarni tashkillashtirilgan holda evakuatsiya qilish uchun o‘z aeroportini taqdim etdi. Xususan, O‘zbekiston poytaxti orqali tranzit reyslar Germaniya samolyotlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Qayd etilishicha, bu samolyotlarda kelgan Afg‘oniston fuqarolari aeroport tranzit zonasidan chiqmaydi.* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
https://oz.sputniknews.uz/20210818/ozbekiston-hududida-bir-necha-yuz-afgon-qochoqlarini-joylashtirdi--manba-20133128.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/13/20144391_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_40e2dcd3b94c09abbecd6ef26196171d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, afg‘oniston, qochoq
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, afg‘oniston, qochoq
Afg‘onlar Amudaryo orqali O‘zbekistonga qanday suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
14:09 19.08.2021 (yangilandi: 14:17 19.08.2021) Afg‘onistonda hokimiyat Tolibon*ga o‘tgach, mamlakatning minglab fuqarolari zo‘rovonlik va o‘limdan qo‘rqib qo‘shni respublikalarga qochishga urinmoqda. Hatto tabiiy to‘siqlar ham ularni to‘xtatmayapti.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik, Ramiz Baxtiyarov. Bir necha afg‘onistonlik besh litrli plastik butilkalar yordamida Amudaryo orqali respublikaga suzib o‘tishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston manbasi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday usul o‘tgan asrning boshidan buyon ma’lum bo‘lgan, u vaqtlarda shishirilgan qo‘y terilari (mesh) qo‘lbola sol sifatida ishlatilgan.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, katta ehtimol bilan qoidabuzarlar daryo bo‘ylab ancha masofani suzib o‘tishgan va Tojikiston hududi yaqinidagi chegarani kesib o‘tishga harakat qilishgan.
"Chegarachilar ularni qo‘lga olib, Do‘stlik ko‘prigi yaqinidagi chodirli lagerga jo‘natishdi", - dedi manba.
Avvalroq 150 nafarga yaqin qochoq O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi vaqtinchalik lagerga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Mamlakatga samolyot bilan kelgan yana bir necha yuz afg‘on harbiy xizmatchisi mahalliy o‘quv poligoni hududiga joylashtirildi.
Shu bilan birga, Toshkent Afg‘onistondan xorijiy fuqarolarni tashkillashtirilgan holda evakuatsiya qilish uchun o‘z aeroportini taqdim etdi. Xususan, O‘zbekiston poytaxti orqali tranzit reyslar Germaniya samolyotlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Qayd etilishicha, bu samolyotlarda kelgan Afg‘oniston fuqarolari aeroport tranzit zonasidan chiqmaydi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.