https://oz.sputniknews.uz/20210818/sentyabrdan-ish-haqi-pensiyalar-stipendiyalar-va-nafaqalar-miqdori-oshirilmoqda-20119453.html
Sentabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda
Sentabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
2021 yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston hududida: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so‘m etib belgilandi 18.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-18T09:11+0500
2021-08-18T09:11+0500
2021-08-18T09:11+0500
iqtisod
oylik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_84f0b0011377625ef827a30567652ff1.jpg
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Sentabrning birinchi sanasidan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda. Bu haqda prezidentning tegishli Farmoni imzolandi.Hujjatga ko‘ra, 2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. 2021-yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston hududida: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so‘m; bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 so‘m; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 so‘m; yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 so‘m; bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 so‘m;zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 so‘m; ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 so‘m; belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 so‘m; 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 so‘m etib; boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 so‘m etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi; boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 440 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 165 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_272:0:2845:1930_1920x0_80_0_0_934443caf29ff77a03e3a3ab5e59f640.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, oylik
Sentabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda
2021 yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston hududida: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so‘m etib belgilandi
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Sentabrning birinchi sanasidan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda. Bu haqda prezidentning tegishli Farmoni imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, 2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.
2021 yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston hududida: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 so‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 so‘m;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 so‘m;
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 so‘m;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 so‘m;
1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 so‘m etib;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 so‘m etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 440 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 165 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilandi.