https://oz.sputniknews.uz/20210818/rossiya-ozbekiston-bilan-hamkorlikda-gidrometeorologiya-fakultetini-tashkil-etdi-20130475.html
Rossiya O‘zbekiston bilan hamkorlikda Gidrometeorologiya fakultetini tashkil etdi
Rossiya O‘zbekiston bilan hamkorlikda Gidrometeorologiya fakultetini tashkil etdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Milliy Universiteti va Rossiya davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yildi 18.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-18T17:22+0500
2021-08-18T17:22+0500
2021-08-18T17:22+0500
jamiyat
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/693/50/6935038_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_be9422b044aac54630e97fa2305c1145.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston Milliy Universiteti va Rossiya davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Unga ko‘ra, Milliy Universitetda Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etilib, abituriyentlardan hujjat qabul qilish davom etmoqda.“Shu paytga qadar 100 nafardan ortiq yoshlar hujjat topshirdi, – deydi O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi Axborot xizmati rahbari Munisa Asilxo‘jayeva. – Talabalar “Meteorologiya va iqlimshunoslik” yo‘nalishida sirtdan tahsil oladilar hamda yakunda ikki Universitetning bakalavr diplomlariga ega bo‘ladilar”.Mashg‘ulotlar yetakchi o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi – rossiyalik mutaxassislarni jalb etish yuzasidan memorandum ham imzolangan.Xohlovchilar esa Rossiya davlat gidrometeorologiya Universitetida ta’lim olishlari mumkin bo‘ladi. Shu paytga qadar o‘zbekistonlik soha xodimlari ushbu Universitetda faqatgina malaka oshirib kelishgani inobatga olinsa, bu yangilik qanchalik ahamiyatli ekani oydinlashadi.Bitiruvchilarga beriladigan diplom Jahon meteorologiya tashkilotiga a’zo barcha davlatlarda qabul qilinadi.Lekin suhbatdoshimizning so‘zlariga ko‘ra, bunday mutaxassislar O‘zbekistonning o‘zi uchun ham nihoyatda zarur – ular o‘qishni tamomlagach, sohaning turli yo‘nalishlarida, jumladan xalqaro loyihalarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20201009/Toshkentda-yuori-malakali-pedagoglarni-tayrlaydigan-khorizhiy-OTM-filiali-ish-boshlaydi-15148459.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/693/50/6935038_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_cf41fbe0734735a424605bf413ad789a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ta’lim
Rossiya O‘zbekiston bilan hamkorlikda Gidrometeorologiya fakultetini tashkil etdi
O‘zbekiston Milliy Universiteti va Rossiya davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yildi
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston Milliy Universiteti va Rossiya davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Unga ko‘ra, Milliy Universitetda Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etilib, abituriyentlardan hujjat qabul qilish davom etmoqda.
“Shu paytga qadar 100 nafardan ortiq yoshlar hujjat topshirdi, – deydi O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi Axborot xizmati rahbari Munisa Asilxo‘jayeva. – Talabalar “Meteorologiya va iqlimshunoslik” yo‘nalishida sirtdan tahsil oladilar hamda yakunda ikki Universitetning bakalavr diplomlariga ega bo‘ladilar”.
Mashg‘ulotlar yetakchi o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi – rossiyalik mutaxassislarni jalb etish yuzasidan memorandum ham imzolangan.
Xohlovchilar esa Rossiya davlat gidrometeorologiya Universitetida ta’lim olishlari mumkin bo‘ladi. Shu paytga qadar o‘zbekistonlik soha xodimlari ushbu Universitetda faqatgina malaka oshirib kelishgani inobatga olinsa, bu yangilik qanchalik ahamiyatli ekani oydinlashadi.
Bitiruvchilarga beriladigan diplom Jahon meteorologiya tashkilotiga a’zo barcha davlatlarda qabul qilinadi.
Lekin suhbatdoshimizning so‘zlariga ko‘ra, bunday mutaxassislar O‘zbekistonning o‘zi uchun ham nihoyatda zarur – ular o‘qishni tamomlagach, sohaning turli yo‘nalishlarida, jumladan xalqaro loyihalarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.