Ashraf G‘ani qayerdaligi ma’lum bo‘ldi

© AFP 2023 / -Ashraf Gani vo vremya videoobrasheniya
Ashraf Gani vo vremya videoobrasheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Obuna bo‘lish
BAA insonparvarlik nuqtayi nazardan prezident Ashraf G‘ani va uning oilasini qabul qilganini tasdiqladi.
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘ani Birlashgan Arab Amirliklaridan boshpana topgan. Bu haqda Amirliklar TIV rasmiy bayonot berdi.

“BAA tashqi ishlar vazirligi BAA insonparvarlik nuqtayi nazaridan prezident Ashraf G‘ani va uning oilasini qabul qilganini tasdiqlaydi”, - deyilgan rasmiy xabarda.

15 avgust kuni toliblar Kobulni qurshab olgach, 2014-yildan buyon mamlakatga rahbarlik qilib kelgan prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etgan edi.
OAVlar o‘z manbalarini tayangan holda G‘ani Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan, O‘zbekistonga uchib ketgani haqida yozishdi. Biroq bu xabarlar tasdiqlanmadi va rad etildi.
“Tolibon”* va qator OAVlar G‘ani O‘mon davlatiga uchib ketganini ham ta’kidlashdi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0