https://oz.sputniknews.uz/20210817/aqsh-prezidenti-bayden-afgoniston-qochoqlari-uchun-500-million-dollar-ajratdi-20104228.html
AQSh prezidenti Bayden Afg‘oniston qochoqlari uchun 500 million dollar ajratdi
AQSh prezidenti Bayden Afg‘oniston qochoqlari uchun 500 million dollar ajratdi
Sputnik O‘zbekiston
Bayden afg‘on qochqinlariga yordam berish uchun 500 million dollar ajratdi 17.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-17T09:14+0500
2021-08-17T09:14+0500
2021-08-17T09:14+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19871139_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_3c369748bc0f3b00ed9241f32b2d073c.jpg
TOShKENT, 17 avg - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘oniston qochqinlariga yordam uchun 500 million dollar ajratishni buyurdi, deb xabar bermoqda Oq uy.Oq uy matbuot-xizmati tomonidan tarqatilgan Bayden imzolagan memorandumga ko‘ra, miqdori 500 million dollardan oshmaydigan mablag‘ qochqinlar, mojaro qurbonlari va Afg‘onistondagi vaziyat natijasida xavf ostida qolayotgan boshqa shaxslarning shoshilinch ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi.Ilgariroq Pentagon vakillari AQSh hududidagi uchta harbiy baza (Virjiniya, Texas va Viskonsin shtatlaridagi) Afg‘onistondan evakuatsiya qilinayotgan 22 ming nafargacha kishilarni qabul qilishga tayyorlanayotgani haqida ma’lumot tarqatilgan edi.Afg‘onistondagi vaziyat ayniqsa oxirgi haftalarda, toliblar yirik shaharlarga hujumga o‘tishi bilan yanada og‘irlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar isonchilar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilayotgani haqida xabar tarqata boshladilar. O‘sha kuni jangarilar Qobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini aytishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etganini aytdi. Dushanbaga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugagani, davlatdagi boshqaruv shakli esa yaqin vaqtlarda aniq bo‘lishi haqida bayonot berdi.* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
https://oz.sputniknews.uz/20210817/qobul-amerikancha-orzu-bilan-vidolashmoqda-jihod-davom-etyapti-20102394.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19871139_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_528ba17fd86757e1703f357a163dc73e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
AQSh prezidenti Bayden Afg‘oniston qochoqlari uchun 500 million dollar ajratdi
Bayden afg‘on qochqinlariga yordam berish uchun 500 million dollar ajratdi
TOShKENT, 17 avg - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘oniston qochqinlariga yordam uchun 500 million dollar ajratishni buyurdi, deb xabar bermoqda Oq uy.
Oq uy matbuot-xizmati tomonidan tarqatilgan Bayden imzolagan memorandumga ko‘ra, miqdori 500 million dollardan oshmaydigan mablag‘ qochqinlar, mojaro qurbonlari va Afg‘onistondagi vaziyat natijasida xavf ostida qolayotgan boshqa shaxslarning shoshilinch ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi.
Ilgariroq Pentagon vakillari AQSh hududidagi uchta harbiy baza (Virjiniya, Texas va Viskonsin shtatlaridagi) Afg‘onistondan evakuatsiya qilinayotgan 22 ming nafargacha kishilarni qabul qilishga tayyorlanayotgani haqida ma’lumot tarqatilgan edi.
Afg‘onistondagi vaziyat ayniqsa oxirgi haftalarda, toliblar yirik shaharlarga hujumga o‘tishi bilan yanada og‘irlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar isonchilar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilayotgani haqida xabar tarqata boshladilar. O‘sha kuni jangarilar Qobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini aytishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etganini aytdi. Dushanbaga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugagani, davlatdagi boshqaruv shakli esa yaqin vaqtlarda aniq bo‘lishi haqida bayonot berdi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.