Prezident muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMuftiy Usmonxon Alimov
Muftiy Usmonxon Alimov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Usmonxon Alimov davlatimiz va xalqimiz oldidagi unutilmas xizmatlari, jamiyatimizda bag‘rikenglik va dinlararo totuvlik muhitining mustahkamlanishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun ‘El-yurt hurmati’ ordeni bilan taqdirlangan edi. Xalqimizning ajoyib farzandi, mashhur ulamo, atoqli jamoat arbobi, yoshlarning mehribon ustozi, kamtarin va samimiy inson Usmonxon Alimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov shu yil 15-avgust kuni 71 yoshida vafot etgan edi.
Alimov 1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ildi. 1982—1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983—1987 yillarda Toshkent islom institutida, 1989—1990 yillarda Marokash davlatining Qaraviyyin universitetida tahsil oldi.
U Islom dini asoslarini, arab va fors tillarini chuqur egallab, 1980—2006 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidida imom noibi, imom-xatib vazifalarida samarali faoliyat olib bordi.
Usmonxon domla o‘zini “Imom Buxoriyning xodimi” deb hisoblar va bunday sharafli nom bilan doimo faxrlanar edi. U birinchilardan bo‘lib ‘Imom Buxoriy barakoti’ asarini yozgan yetuk ulamo.
Glava Upravleniya musulman Uzbekistana Usmonxon Alimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Muftiy Usmonxon Alimovning dafn marosimi Samarqandda bo‘lib o‘tadi
2000—2006 yillarda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi lavozimida sidqidildan mehnat qilib, katta bilim va hayotiy tajribasini ezgu amallarga safarbar etdi.
Usmonxon Alimov 2006-yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi. O‘tgan davr mobaynida u respublikada ijtimoiy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash, Islomning insonparvarlik mohiyatini asrash va keng targ‘ib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash ishiga beqiyos hissa qo‘shdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan diniy sohadagi islohotlar, xususan, yangi madrasa va masjidlarning ochilishi, Qur’on o‘qitish kurslarining tashkil qilinishi, Qur’oni karimning arab va o‘zbek tillarida chop etilishi, idora qoshida axborot markazining tashkil etilishi, “Vaqf” xayriya jamoat fondining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, musulmon mamlakatlari va xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarning mustahkamlanishi kabi xayrli ishlarda muftiy hazratning xizmatlari katta bo‘ldi.
U 2012-yilda Islom olami uyushmasi ta’sis majlisining a’zosi hamda Butundunyo ulamolar kengashi a’zosi etib saylandi. So‘nggi yillarda Iordaniyaning Islomiy strategik tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilinadigan “Jahonning eng nufuzli 500 musulmoni” ro‘yxatidan munosib o‘rin egalladi.
Yangiliklar lentasi
0