O‘zbekistonda yarim yilda 152 nafar 60 yoshdan oshgan ayol turmushga chiqdi

© Sputnik / AlexTikhomirovSvadebnie kolsa
Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Obuna bo‘lish
2021 yilning yanvar-iyun oylarida 60 yoshdan oshgan 152 nafar ayol turmushga chiqqan.
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 118 988 ta nikoh qayd etilgan. Shundan 152 nafar ayolning yoshi 60 va undan yuqori bo‘lgan.
Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Yarim yil mobaynida 31 903 nafar 20 yoshgacha bo‘lganlar turmushga chiqqan. Yana 84 061 nafar 20-39 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘z baxtini topgan. Bundan tashqari, 2 872 nafar 40-59 yoshgacha bo‘lgan ayollar oila qurgan.
Yangiliklar lentasi
0