“Tolibon” Kobulga yurishni boshladi

© AFP 2023 / ROMEO GACADBoyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban
Boyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Obuna bo‘lish
RIA Novostining yozishicha, poytaxt g‘arbidagi Kobul universiteti “Tolibon”* qo‘li ostiga o‘tgan.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. “Tolibon” terrorchilik harakati Afg‘oniston poytaxti Kobul shahriga hujum boshladi. Bu haqda “Reuters” agentligi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.
Mamlakat prezidenti ma’muriyati esa Kobul hujumga uchramagani va shahardagi vaziyat nazorat ostida ekanini ta’kidlamoqda.
O‘z navbatida RIA Novostining yozishicha, poytaxt g‘arbidagi Kobul universiteti “Tolibon”* qo‘li ostiga o‘tgan. Jangarilar u yerga o‘z bayrog‘ini o‘rnatgan.
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda – TIV rasmiy vakili
Mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, “Tolibon”* rahbariyati hukumat bilan shaharga tinch yo‘l bilan kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqish yuzasidan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Bundan tashqari, "Tolibon"* vakillari ayni paytda Afg‘onistondagi barcha chegara punktlarini nazorat qilayotgani aytilmoqda. Shu tariqa, mamlakatni faqat Kobul aeroportidangina tark etish mumkin.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0