Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi

© Komitet po delam ReligiyMuftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov
Muftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov hazratlari og‘ir xastalikdan so‘ng 71 yoshda vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
Idora muftiy Usmonxon Alimovning oila a’zolari, farzandlari, safdoshlari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Muftiy Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida davolayotgan edi. Xususan, u o‘pka va qon-tomir kasalliklari, o‘pka pnevmoniyasidan davolanayotgan edi.
Muftiy hazratlari Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1982-1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983-1987 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989-1990 yillarda esa Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil olgan.
Usmonxon Alimov Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980-1982 yillarda imom-noib, 1987-1989 yillarda, so‘ngra yana 1990-2006 yillar mobaynida ushbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan.
2000-2006 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, bosh imom-xatibi bo‘lib mehnat qilgan. 2006-yildan buyon esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0