Mirziyoyev va Putin Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli peregovori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat bo‘yicha fikr almashdilar.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbarlari Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat bo‘yicha fikr almashdilar.
Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasida ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasida yaqin aloqalar va hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Ashraf G‘ani iste’foga chiqishga rozi bo‘ldi – OAV
Yangiliklar lentasi
0