O‘zbekiston harbiylari ArMI-2021da ishtirok etish uchun Rossiyaga yetib kelishdi

© Press-sentr ArMI-2021Voyennie Uzbekistana pribili v RF dlya uchastiya v ArMI-2021
Voyennie Uzbekistana pribili v RF dlya uchastiya v ArMI-2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2021
Obuna bo‘lish
Harbiylar “razvedkachi so‘qmog‘i”, suv to‘siqlari, “marsh-brosok”, shaxsiy hamda guruh o‘q otish mashqlarini bajarishlari kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Bir guruh O‘zbekiston harbiy xizmatchilari “ArMI-2021” xalqaro harbiy musobaqaning “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovida ishtirok etish uchun Novosibirsk shahriga yetib kelishdi.
Ular bilan birgalikda Rossiya, Xitoy, Janubiy Osetiya, Belorus va Hindiston harbiylari ham ushbu tanlovda ishtirok etishadi.
Xalqaro tanlov ishtirokchilari Rossiya havo kuchlarining “IL-76” harbiy-transport samolyotida Novosibirsk shahrining “Tolmachevo” aeroportiga yetib kelishdi. U yerda mehmonlarni rus odatiga muvofiq “non va tuz” bilan kutib olishdi. Manzilga yetib kelgandan so‘ng tanlov ishtirokchilari tana harorati o‘lchash va koronavirusga PZR test topshirishdi.
Tanlov doirasida harbiy xizmatchilar bir necha mashqlarda bellashishadi. Ular orasida “razvedkachi so‘qmog‘i”, suv to‘siqlari, “marsh-brosok”, shaxsiy hamda guruh bo‘lib o‘q otish kabi mashqlar bor.
Voyennie razvedchiki iz Uzbekistana zanyali vtoroe mesto v konkurse ArMI-2019 v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2019
O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallashdi
O‘tgan yilda ham ushb tanlov Novosibirsk viloyatida bo‘lib o‘tgan edi. Unda Rossiya, Xitoy, Janubiy Osetiya, Belarus, O‘zbekiston, Tojikiston, Laos va Kongo jamoalari to‘liq tarkibda ishtirok etishgan edi. Undan tashqari JAR va Afg‘onistondan 1 kishida vakil ham ishtirok etishgan edi. O‘tgan yilgi tanlovda Rossiya jamoasi birinchi o‘rin, O‘zbekiston jamoasi esa ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
“Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovining ochilish marosimi 22-avgust kuni Novosibirsk olliy qo‘mondonlik o‘quv yurtida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0