https://oz.sputniknews.uz/20210813/voronejda-avtobus-portlashida-bir-kishi-qurbon-boldi-20061462.html
Voronejda avtobus portlashida bir kishi qurbon bo‘ldi
Voronejda avtobus portlashida bir kishi qurbon bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda gaz balloni portlagan, lekin hodisa terrorchilik akti bo‘lishi mumkinligi ham tekshirilmoqda. 13.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-13T11:30+0500
2021-08-13T11:30+0500
2021-08-13T11:33+0500
rossiya
transport
baxtsiz hodisa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0d/20061590_0:157:1082:766_1920x0_80_0_0_c47647227c7097e04341384c27e34881.jpg
TOShKENT, 13 avg —Sputnik. Rossiyaning Voronej shahrida avtobus portlashi oqibatida 18 kishi jarohatlandi, og‘ir jarohat olgan biri kishi shifoxonada vafot etdi, deb xabar qilmoqda Rossiya SSV.Ma’lumot uchun, ichida 35 nafar yo‘lovchi bo‘lgan PAZ rusumli yo‘nalishli avtobus Voronejdagi "Galereya Chijova" nomli savdo markazi oldida 12-avgust kuni kechqurun portlab ketgan edi.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda gaz balloni portlagan, lekin yo‘lovchi tashish kompaniyasi uning barcha avtobuslari dizel yonilg‘isidan foydalanishini ma’lum qilgan.Ushbu munosabat bilan Tergov Qo‘mitasi jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tekshiruvlar o‘tkazmoqda. Bir vaqtning o‘zida ushbu hodisa ehtimoliy terrorchilik akti bo‘lishi mumkinligi ham tekshirilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0d/20061590_61:0:1082:766_1920x0_80_0_0_3f70589e347bfcb629fba0ea5656a803.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, transport, baxtsiz hodisa
rossiya, transport, baxtsiz hodisa
Voronejda avtobus portlashida bir kishi qurbon bo‘ldi
11:30 13.08.2021 (yangilandi: 11:33 13.08.2021) Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda gaz balloni portlagan, lekin hodisa terrorchilik akti bo‘lishi mumkinligi ham tekshirilmoqda.
TOShKENT, 13 avg —Sputnik. Rossiyaning Voronej shahrida avtobus portlashi oqibatida 18 kishi jarohatlandi, og‘ir jarohat olgan biri kishi shifoxonada vafot etdi, deb xabar qilmoqda Rossiya SSV.
“Jarohatlanganlar Voronej shifoxonalariga joylashtirilgan, ularning ahvoi turlicha: uch kishini shifokorlar og‘ir ahvolda deb baholamoqda, sakkiz kishi o‘rta og‘ir ahvolda. Yana 7 kishiga ambulator yordam ko‘rsatilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, ichida 35 nafar yo‘lovchi bo‘lgan PAZ rusumli yo‘nalishli avtobus Voronejdagi "Galereya Chijova" nomli savdo markazi oldida 12-avgust kuni kechqurun portlab ketgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda gaz balloni portlagan, lekin yo‘lovchi tashish kompaniyasi uning barcha avtobuslari dizel yonilg‘isidan foydalanishini ma’lum qilgan.
Ushbu munosabat bilan Tergov Qo‘mitasi jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tekshiruvlar o‘tkazmoqda. Bir vaqtning o‘zida ushbu hodisa ehtimoliy terrorchilik akti bo‘lishi mumkinligi ham tekshirilmoqda.