Prezident Olimpiada chempionlarini va ularning ota-onalarini tabrikladi
15:35 13.08.2021 (yangilandi: 15:48 05.04.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev, sportchilar, ularning ota-onalariga ushbu yuksak natijalar uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashib, ularni yuqori natijalar bilan bilan tabrikladi.
Prezident, sportchilarga nufuzli xalqaro o‘yinlarda O‘zbekiston sha’nini himoya qilib uning bayrog‘ini yuksak ko‘targanlari O‘zbekiston Mustaqilligning 30-yilligiga munosib sovg‘u bo‘lganini qayd etdi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Musobaqalarda ishtirok etgan 200ta davlat va Yer sharining eng kuchli sportchilari orasida MDHda ikkinchi va Markaziy Osiyoda birinichi o‘rinni egallagani – ulkan natija ekanini qayd etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami.
Vstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev, sportchilar, ularning ota-onalari hamda murabbiylariga ushbu yuksak natijalar uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
Xususan, prezident O‘zbekiston tarixida oltin medalni qo‘lga kiritgan eng yosh sportchi - 19 yoshli taekvondo ustasi Ulug‘bek Rashidovga va uning otasi Ismatilla Rashidov hamda onasi Oksana Danilenkoga el-yurt nomidan tashakkur bildirdi.
Shuningdek, Olimpiya rekordini o‘rnatgan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevning onasi Normatova Hafizaxon singlimizga samimiy rahmatimizni aytamiz, - dedi Prezident.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami.
Vstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Surxondaryolik bokschi Bahodir Jalolovning onasi Sabohat Jalolovani ham tabriklab, prezident:
“Ismi jismiga mos bu azamat yigit va uning mehribon onasi Sabohat Jalolovani barchamiz qizg‘in qutlaymiz. Men ular bilan avval ham uchrashib, samimiy suhbatlashganimni hamisha yaxshi taassurotlar bilan eslayman”, - dedi.
Dzudochi Davlat Bobonov va mahoratli erkin kurashchimiz Behzod Abdurahmonovni keskin bellashuvlarda bronza medallarini qo‘lga kiritganlari bilan qutladi va ularning ota-onalarini hal alohida aytib o‘tdi.
“Bugun davramizda Davlatjonning ota-onasi Husniddin aka va Nuriyaxon opa, Behzodjonning otasi Muhammadjon Abdurahmonov va onasi Muhabbatxon ishtirok etishapti.
Mana shunday botir o‘g‘lonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgani uchun ularning ota-onalari va ustozlariga chin yurakdan tashakkur izhor etamiz", - dedi prezident.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami.
Vstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OLimpiya jamoasi Tokio-2020 Olimpiada O‘yinlarida 3 ta oltin va 2ta bronza medalar sohibi bo‘ldi va umumjamoa hisobida 32 o‘rinni, MDHda ikkinchi va Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi.