https://oz.sputniknews.uz/20210812/yol-qurilishiga-sarflangan-mablag-ustidan-jamoatchilik-nazoratini-ornatiladi-20049040.html
Yo‘l qurilishiga sarflangan mablag‘ ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi
Yo‘l qurilishiga sarflangan mablag‘ ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Shaffof yo’l” onlayn axborot platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi. 12.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-12T12:32+0500
2021-08-12T12:32+0500
2021-08-12T12:40+0500
jamiyat
yo‘llar
adliya vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0a/18260922_0:366:2849:1969_1920x0_80_0_0_b39861f4c6a9bb10d1644ad9c4e43a30.jpg
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Adliya vazirligi avtomobil yo‘llari sohasida moliyaviy ochiqlik va jamoatchilik oldida hisobdorlikni ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqdi. U muhokama uchun regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.Qaror bilan hamma uchun ochiq bo‘lgan “Shaffof yo’l” onlayn axborot platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushirish rejalashtirilgan.Platformada avtomobil yo‘llari qurilishi bo‘yicha barcha davlat dasturlari va mahalliy dasturlar bir joyda jamlanadi.Hujjatda yozilishicha, qurilishi va ta’mirlanishi rejalashtirilgan yo‘llarning barchasi onlayn-xaritada yaqqol ko‘rinib turadi, ya’ni ta’mirlanayotgan yo‘llar qandaydir “4K66” kabi tushunarsiz raqamlar bilan emas, balki shahar va ko‘cha nomigacha ushbu platformadan va mobil telefondan ko‘rib turish mumkin bo‘ladi.Yo‘l jamg‘armalarining barcha tushumlari real vaqt rejimida platformada “onlayn-hisoblagich”da ko‘rinib turadi.Bundan tashqari, aholiga yo‘llar nosozligi, harakatlanish uchun paydo bo‘lgan muammolar haqida foto- va videomurojaatlar qoldirish imkoniyati yaratiladi.Adliya vazirligi jamoatchilikni mazkur hujjat loyihasining muhokamasida faol ishtirok etishga chaqirib qolgan. 26-avgustgacha fuqarolar o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210422/ozbekistonda-yomon-yollar-sabab-qariyb-2-yil-ichida-191-kishi-halok-bolgan-18452034.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0a/18260922_8:0:2739:2048_1920x0_80_0_0_ea0798532f5fb8b3908bc22d910df09b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yo‘llar, adliya vazirligi
jamiyat, yo‘llar, adliya vazirligi
Yo‘l qurilishiga sarflangan mablag‘ ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi
12:32 12.08.2021 (yangilandi: 12:40 12.08.2021) “Shaffof yo’l” onlayn axborot platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Adliya vazirligi avtomobil yo‘llari sohasida moliyaviy ochiqlik va jamoatchilik oldida hisobdorlikni ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston prezidenti qarori loyihasini
ishlab chiqdi. U
muhokama uchun regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.
Qaror bilan hamma uchun ochiq bo‘lgan “Shaffof yo’l” onlayn axborot platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushirish rejalashtirilgan.
Platformada avtomobil yo‘llari qurilishi bo‘yicha barcha davlat dasturlari va mahalliy dasturlar bir joyda jamlanadi.
Hujjatda yozilishicha, qurilishi va ta’mirlanishi rejalashtirilgan yo‘llarning barchasi onlayn-xaritada yaqqol ko‘rinib turadi, ya’ni ta’mirlanayotgan yo‘llar qandaydir “4K66” kabi tushunarsiz raqamlar bilan emas, balki shahar va ko‘cha nomigacha ushbu platformadan va mobil telefondan ko‘rib turish mumkin bo‘ladi.
Shu xaritaning o‘zida qurilishi yoki ta’mirlashni amalga oshirayotgan tashkilot, sarflanayotgan mablag‘, bajarilgan ishlarning ahvolini bevosita kuzatib borish imkoni paydo bo‘ladi.
Yo‘l jamg‘armalarining barcha tushumlari real vaqt rejimida platformada “onlayn-hisoblagich”da ko‘rinib turadi.
“Ya’ni masalan avtomobilingizni ro‘yxatdan o‘tkazganda yo‘l jamg‘armasiga to‘langan mablag‘ qayerga ketganligini shu zahoti bilib olsa bo‘ladi”, - deyilgan vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, aholiga yo‘llar nosozligi, harakatlanish uchun paydo bo‘lgan muammolar haqida foto- va videomurojaatlar qoldirish imkoniyati yaratiladi.
Adliya vazirligi jamoatchilikni mazkur hujjat loyihasining muhokamasida faol ishtirok etishga chaqirib qolgan. 26-avgustgacha fuqarolar o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.