O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammad Rafiqov vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOtkritie posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvi
Otkritie posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammad Rafiqov 81 yoshida pnevmoniyadan vafot etdi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston san’at arbobi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Muhammad Rafiqov 81 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
“Daryo” nashrining yozishicha, artist pnevmoniyadan vafot etgan.
“Dadam rahmatli 10 kundan buyon pnevmoniya tashxisi bilan shifoxonada davolanayotgandilar. Bugun yorug‘ olamni tark etdilar”, — degan uning qizi Feruza Rafiqova.
© Press-slujba MinkulturiZaslujenniy artist Uzbekistana Muxammad Rafikov
Zaslujenniy artist Uzbekistana Muxammad Rafikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2021
Zaslujenniy artist Uzbekistana Muxammad Rafikov
Muhammad Rafiqov 1940-yil 26-oktabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. 1966-67 yillar Hamza teatrida, 1967-83 yillar Buxoro teatrida aktor (1981-83 yillar direktor), 1983-yildan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining bosh rejissori bo‘lgan.
U "Bobur" telefilmida Shayboniyxon, "Amir Muzaffarxon"da Muzaffarxon, "Hakim va ajal" videofilmida Ibn Sino, "Imom al-Buxoriy" serialida al-Buxoriy, "Sohibqiron" serialida Amir Temur, "Shaytanat" serialida Abdurahmon tabib, "Qo‘qon shamoli" filmida Shayx ul-islom kabi rollarni o‘z maromiga yetkazib o‘ynagan
Yangiliklar lentasi
0