https://oz.sputniknews.uz/20210811/mehribonlik-uylari-milliy-gvardiyaga-biriktirildi-20040666.html
“Mehribonlik” uylari Milliy gvardiyaga biriktirildi
“Mehribonlik” uylari Milliy gvardiyaga biriktirildi
Sputnik O‘zbekiston
“Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori... 11.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-11T17:07+0500
2021-08-11T17:07+0500
2021-08-11T17:07+0500
jamiyat
yoshlar
milliy gvardiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0b/20040418_0:98:1280:818_1920x0_80_0_0_c3d9fe03bb9fcdcdcbe346cef3f06a24.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Prezident qarori bilan “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari (o‘quv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirildi.Milliy gvardiya tarkibida o‘quv-tarbiya muassasalarida yoshlarning ta’lim va tarbiya olish jarayonlarini hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga mas’ul Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.Qarorga ko‘ra, Oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylariga hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (25 yoshga to‘lmagan) Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi.Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi.O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholash orqali o‘quv-tarbiya muassasalarining reyting tizimi joriy qilinadi.2022 yil 1-yanvarga qadar Jamoat xavfsizligi universitetida o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.2021 yil 1-noyabrdan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi.O‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holati har yili kamida ikki marotaba o‘rganib boriladi.Shunga ko‘ra, bu qizlar “Mehr daftari”ga kiritilib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda o‘quv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi.Shuningdek, har yili 25 nafar o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210805/toshkentda-ilk-marotaba-oilaviy-bolalar-uyi-ochildi-19960068.html
https://oz.sputniknews.uz/20210811/etim-bolalarga-uy-joy-berishning-yangi-tartibi-ornatildi--prezident-qarori-20031683.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0b/20040418_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_1c3698e0c2ce4b48d3bd850ea0ad78e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yoshlar, milliy gvardiya
jamiyat, yoshlar, milliy gvardiya
“Mehribonlik” uylari Milliy gvardiyaga biriktirildi
“Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Prezident
qarori bilan “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari (o‘quv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirildi.
Milliy gvardiya tarkibida o‘quv-tarbiya muassasalarida yoshlarning ta’lim va tarbiya olish jarayonlarini hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga mas’ul Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
Qarorga ko‘ra, Oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylariga hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (25 yoshga to‘lmagan) Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi.
Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi.
O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholash orqali o‘quv-tarbiya muassasalarining reyting tizimi joriy qilinadi.
2022 yil 1-yanvarga qadar Jamoat xavfsizligi universitetida o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
2021 yil 1-noyabrdan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi.
O‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holati har yili kamida ikki marotaba o‘rganib boriladi.
Shunga ko‘ra, bu qizlar “Mehr daftari”ga kiritilib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda o‘quv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi.
Shuningdek, har yili 25 nafar o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolanadi.