https://oz.sputniknews.uz/20210810/ozbekistonda-yoshlar-huquqlari-boyicha-jahon-anjumani-bolib-otadi-20015177.html
O‘zbekistonda yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon anjumani bo‘lib o‘tadi
O‘zbekistonda yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon anjumani bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi "Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish" mavzuyiga bag‘ishlanadi. Unda ishtirok etish uchun 30 dan ortiq mamlakat va... 10.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-10T09:19+0500
2021-08-10T09:19+0500
2021-10-20T14:31+0500
siyosat
yoshlar siyosati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1e/46381975_0:144:2755:1694_1920x0_80_0_0_7d2826bb91c6721bb1bd632fde2dd2ae.jpg
TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Toshkent shahrida 12-13 avgust kunlari Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.Xalqaro anjuman O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan va xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tashabbusi asosida tashkil etilmoqda, deb aniqlik kiritdi Sputnik muxbiriga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.Jahon anjumani gibrid shaklda, ya’ni oflayn va onlayn tarzda o‘tkaziladi. Nufuzli forumning ochilishida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet, BMT Bosh kotibining Yoshlar ishlari bo‘yicha elchisi Jayatma Vikramanayake, Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong, YeXHT Bosh kotibi Xelga Mariya Shmidt va boshqa xalqaro tashkilotlarning rahbarlari so‘zga chiqishi kutilmoqda.Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi "Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish" mavzuyiga bag‘ishlanadi. Unda ishtirok etish uchun 30 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 500 dan ziyod vakil istak bildirdi.Shuni qayd etish joizki, hozirgi vaqtda O‘zbekiston prezidenti BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan tashabbus asosida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ishlab chiqish jarayoni izchil davom etmoqda.Toshkent anjumani doirasida COVID-19 pandemiyasi yoshlarning zaif guruhlariga ta’sir o‘tkazayotgan hozirgi sharoitda navqiron avlodning o‘z mamlakatlari rivojlanishidagi ishtiroki; yoshlarning sifatli ta’lim olish va ishlab chiqarishda band bo‘lishga taalluqli imkoniyatlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari; yoshlarning o‘z hayot tarziga ta’sir o‘tkazadigan qarorlarni qabul qilishda qatnashishi kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqiladi.Ishtirokchilar yoshlarning huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud xalqaro mexanizmlarni takomillashtirish istiqbollarini muhokama qiladilar. Bunda barcha navqiron insonlar o‘z huquqlaridan to‘la-to‘kis, hech qanday kamsitishlarsiz foydalanishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210806/yoshlarni-birlashtirish-oziq-ovqat-xavfsizligi-mirziyoev-mo-sammitida-nimalarni-taklif-qildi-19979571.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1e/46381975_153:0:2602:1837_1920x0_80_0_0_f2f5703320a63e4fae3c5decb7b9c18d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, yoshlar siyosati
siyosat, yoshlar siyosati
O‘zbekistonda yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon anjumani bo‘lib o‘tadi
09:19 10.08.2021 (yangilandi: 14:31 20.10.2021) Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi "Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish" mavzuyiga bag‘ishlanadi. Unda ishtirok etish uchun 30 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 500 dan ziyod vakil istak bildirgan
TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Toshkent shahrida 12-13 avgust kunlari Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro anjuman O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan va xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tashabbusi asosida tashkil etilmoqda, deb aniqlik kiritdi Sputnik muxbiriga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.
Jahon anjumani gibrid shaklda, ya’ni oflayn va onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Nufuzli forumning ochilishida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet, BMT Bosh kotibining Yoshlar ishlari bo‘yicha elchisi Jayatma Vikramanayake, Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong, YeXHT Bosh kotibi Xelga Mariya Shmidt va boshqa xalqaro tashkilotlarning rahbarlari so‘zga chiqishi kutilmoqda.
Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi "Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish" mavzuyiga bag‘ishlanadi. Unda ishtirok etish uchun 30 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlardan 500 dan ziyod vakil istak bildirdi.
Shuni qayd etish joizki, hozirgi vaqtda O‘zbekiston prezidenti BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan tashabbus asosida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ishlab chiqish jarayoni izchil davom etmoqda.
Toshkent anjumani doirasida COVID-19 pandemiyasi yoshlarning zaif guruhlariga ta’sir o‘tkazayotgan hozirgi sharoitda navqiron avlodning o‘z mamlakatlari rivojlanishidagi ishtiroki; yoshlarning sifatli ta’lim olish va ishlab chiqarishda band bo‘lishga taalluqli imkoniyatlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari; yoshlarning o‘z hayot tarziga ta’sir o‘tkazadigan qarorlarni qabul qilishda qatnashishi kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqiladi.
Ishtirokchilar yoshlarning huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud xalqaro mexanizmlarni takomillashtirish istiqbollarini muhokama qiladilar. Bunda barcha navqiron insonlar o‘z huquqlaridan to‘la-to‘kis, hech qanday kamsitishlarsiz foydalanishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.