Tokio-2020: Medallar, rekordlar, natijalar

Obuna bo‘lish
Tokioda XXXII yozgi Olipiya O‘yinlari yakuniga yetdi. O‘zbekiston Milliy terma jamoasi 9-avgust Toshkentda tantanali kutib olindi.
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada O‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 5ta medal sohiba bo‘lishdi: 3ta "oltin" va 2ta "bronza". O‘zbekiston jamoasi uchun ushbu O‘yinlar muvaffaqiyatlilik bo‘yicha Riodan so‘ng (13ta medal) ikkinchi o‘rinni egalladi.
Lekin bu safargi natija ham maqtasa arzigulik: jamoa sobiq Ittifoq bo‘yicha 2-o‘rin, Markaziy Osiyo va turkiy tilli davlatlar orasida 1-o‘rinda.
Medallardan tashqari O‘zbekiston jamoasi Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida bir necha rekordlar ham o‘rnatishdi. Xususan og‘ir atletika bo‘yicha 55kg vazn toifasida ayollar orasida Muattar Nabiyeva siltab ko‘tarish bo‘yicha 98 kg vazn ko‘tarib yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Ushbu sport turida erkaklar orasida Akbar Djurayev jami 430 kilo tosh ko‘tarib yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Undan tashqari O‘zbekiston o‘zinng eng yosh Olimpiya chempioni - 19 yoshli ulug‘bek Rashitov bilan ham mag‘rurlanishi mumkin.
Jamoa yutuqlari haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0