https://oz.sputniknews.uz/20210810/haydovchining-raqamli-profili-rossiyada-xorijlik-takchisilarni-nimalar-kutmoqda-20027864.html
Haydovchining raqamli profili: Rossiyada xorijlik taksichilarni nimalar kutmoqda
Haydovchining raqamli profili: Rossiyada xorijlik taksichilarni nimalar kutmoqda
Sputnik O‘zbekiston
14 avgustdan boshlab Moskvada taksichilar haydovchining raqamli profiliga ega bo‘lishlari kerak. 10.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-10T19:29+0500
2021-08-10T19:29+0500
2021-08-10T19:37+0500
rossiya
taksi
moskva
haydovchilar
yandeks taksi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/14/15216095_0:161:3072:1889_1920x0_80_0_0_a32d726cb8be537c1ed271cad1375095.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. 14-avgustdan boshlab Moskva va Moskva viloyatida taksichilar haydovchining raqamli profilisiz rasmiy ravishda ishlay olmaydilar. Yangicha tartib “Taksi ishi tahlili” Kompleks axborot tizimi yoki qisqacha “TIH” KAT (ruscha Kompleksnaya informatsionnaya sistema "Analitika raboti taksi" (KIS "ART") deb ataladi. Profilni Gosuslugi orqali yuritish kerak. Raqamli profilni qanday olish mumkin va bu borada taksichi migrantlar qanday fikrda – Sputnik muxbiri o‘rgandi.YTHlarini kamaytirish maqsadidaKIS "ART" tizimi orqali Moskva hukumati taksi haydovchilari haddan ziyod ishlashlari va toliqqanlikdan sodir etadigan avariyalar sonini kamaytirishga umid qilishmoqda. Yangi tizim tom ma’noda taksichilar ortidan nazorat qilish imkonini beradi. Yangi tartib mualliflari bu yangi qoidalar emasligi, balki faqat monitoring tizimi ekanini aytishmoqda.Transport departamenti statistikasiga ko‘ra, 2020-yilda Moskvada taksilar ishtirokida 1677 ta avariya ro‘y bergan, 1956 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan, 60 kishi halok bo‘lgan. So‘nggi yarim yil mobaynida 794 ta YTH sodir bo‘lgan.KIS "ART" taksi ishini qanday nazorat qiladi14 avgustdan tizim haydovchilar stajini tekshiradi. U uch yildan kam bo‘lmasligi kerak. To‘lanmagan jarimalar tekshiriladi. Agar bo‘lsa, to‘lashga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, sud dog‘i tekshiriladi. Taksida muqaddam og‘ir jinoyat sodir etganlar (qotillik, o‘g‘rilik, sog‘liqqa zarar yetkazish) ishlay olmaydilar. KIS "ART"ma’lumotlarni IIV va Federal soliq xizmati bazasidan oladi.Taksi haydovchisi kuniga sakkiz soatdan ziyod ishlamasligi kerak. Ish haftasining umumiy davomiyligi 40 soatdan oshmasligi kerak. Tizim bu soatlarni aniq nazorat qiladi va oshib ketilgan taqdirda agregatlar haydovchilar buyurtma bermay qo‘yadi.Bundan tashqari, tizimda tibbiy va texnik ko‘riklar hisoboti yuritiladi. Haydovchi ishga chiqishdan oldin taksopark yoki shartnoma tuzgan tashkilot xodimi uning ishga chiqishiga rusxat berilganini anglatuvchi qayd yozadi. Tizimda yo‘l varaqasi hisoboti ham yuritiladi.ID olish uchun nima qilish kerak?“Rossiya qonunchiligigiga ko‘ra, chet el davlatlari fuqarolari taksida ishlay oladilar. Majburiy talablardan biri – Rossiya haydovchilik guvohnomasi va uch yillik haydovchilik staji. Shuningdek, rus tili davlat tili sifatidan ishlatiladigan mamlakatlar “prava”lar o‘tadi – Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston”, - deya ma’lum qilishdi Sputnik nashriga Moskva Trasport departamentida.Raqamli profilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun SNILS kerak. Uni Rossiya Pensiya jamg‘armasidan olish mumkin. Bu o‘rtacha ikki soatdan ziyod vaqtni olmaydi va xorijlik fuqarolar ham olishlari mumkin, deb ma’lum qilishdi Transport departamentida. Keyin KIS "ART"tizimida ro‘yxatdan o‘tish darkor.Muddati kechiktirilgan raqamli profil“Hukumat taksi avtomobili kim o‘tirganini bilishni xohlayapti. Biz o‘z tarafimizdan hamkorlarimizni KIS “ART” nima ekani, Moskva va Moskva viloyatida ishlayotgan taksopark va haydovchilar tizimda qanday ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligi haqida xabardor qilamiz. O‘zimizning “Yandeks.Pro” tizimimiz orqali haydovchining raqamli profilining vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishini joriy etdik”, - deya ma’lum qildi Sputnik nashriga “Yandeks.Taksi” matbuot xizmati.Bunda haydovchi “Yandeks.Pro”da ro‘yxatdan o‘tadi, xizmatga uning shaxsiy ma’lumotlarini KIS “ART”ga berishiga rozilik beradi, tizimda vaqtinchalik 14 kunga ID oladi. Ikki haftalik kechiktirish Gosuslugi orqali ro‘yxatdan o‘tmasdan buyurtma olish imkonini beradi.Biroq sentabrga kelib haydovchi Gosuslugi portali orqali KIS “ART”da ro‘yxatdan o‘tishi va doimiy raqamli profil olishi shart. Agar ro‘yxatdan o‘tilmasa, avtomatik ravishdan buyurtma berish to‘xtatiladi.Taksichilar nima deydi“Ketapman – bugun mening oxirgi ish kunim, - deydi taksichi Sputnik bilan suhbatda. – Bir kunda sakkiz soatda biror bir narsa ishlab olishning imkoni yo‘q, hatto mashina ijara puli va benzinni. Men yigirma yil avval taksida ishlagandim – ana o‘sha paytlar pul ishlasa bo‘lardi. Boshqa ish qidirib ko‘raman endi”.Andrey – rossiyalik, turli sohalarda katta tajribaga ega. Shuning uchun tez orada taksichilar ish qattiq nazorat ostiga olishini eshitganda unchalik qayg‘urmadi.Tojikiston fuqarosi Abdulloning esa ish borasidagi tanlovi unchalik katta emas. Lekin uni KIS “ART” tizimi qo‘rqitmadi. Qayd etish joizki, taksichi raqamli profil olgunicha deyarli ikki oy vaqtini sarflagan.“Ko‘p yildan beri Rossiyada ishlayman, patent olib, soliq to‘layman. Otam Moskvada o‘qigan va hamisha xorijga borganingda birinchi navbatda, xalqni, ikkinchidan, mahalliy mentalitetni, uchinchidan, qonunni hurmat qilgin deb aytardilar. Shu bois raqamli profil qilish kerak deyishdi, men qildim. Gosuslugida ro‘yxatdan o‘tib oldim. Hozir doimo taksichilar yuzasidan reydlar o‘tkazilmoqda, avgust o‘rtalaridan ular kam bo‘lishi mumkin, o‘shanda ishlash osonroq bo‘ladi”, - deya umid qiladi Abdullo.O‘shlik Omat ham KIS “ART”dan ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarini topshirgan, lekin hozirgacha raqamli profil olingani haqidagi bildirishnoma olmagan.“14 avgustdan keyin qarayman, agar pul topishning iloji bo‘lmasa yana oshpazlik kasbimga qaytaman. Ilgari oshpaz bo‘lib ishlaganmana, ovqat pishirishni bilaman. Hammasi qonuniy, hujjatlarim rasmiylashtirilgan. U ishning oyligi yaxshi”, - deydi u.Fikrlar ikkiga bo‘lindiJamoatchilik va kasaba arboblari fikrlari ikkiga bo‘lindi – kimdir raqamli profil joriy qilish yaxshi g‘oya emas deb hisoblasa, boshqalar uning afzalliklari haqida gapirishmoqda.“Taksist” kasaba uyushmasi rahbari Yaroslav Sherbinin tizimning chalasini bitirish kerak, KIS “ART”da ro‘yxatdan o‘tish juda ko‘p vaqtni oladi. Ba’zan bir haftagacha cho‘zilishi mumkin, boshida ikki kundan oshmaydi deyilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim buning ustiga qotib ishlaydi, normativ bazasi yo‘q.“Raqamli profil – hisobot yuritishni yo‘lga qo‘yish va ish vaqtini nazorat qilishga urinish. Moskva hukumai hisoblaydiki, ular shu tarzda taksi ishtirokidagi avariya, YTH bilan bog‘liq o‘lim holatlari sonini kamaytira olishlari mumkin. Tatbiq etish 1-avgustga belgilangan edi, lekin 14-avgustgacha qoldirildi. Bu vaqtga qadar hech qanday izoh bermagan bo‘lardim. Hammasi tez o‘zgarmoqda”, - dedi Moskva taksichilari kasaba uyushmasi raisi Nikolay Kolodov.Ammo, Moskva shahri Transport departamenti rahbari o‘rinbosari Dmitriy Proninning ishontirishicha, shubha va ixtiloflarga qaramasdan, KIS “ART”da 97 foiz taksichilar yoki 60 ming haydovchilar allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, KIS “ART” tizimini joriy etish “biznesning ko‘plab iltimoslariga binoan” 14-avgustga ortga surilgan. Biroq hozirdanoq buyurtmalarni taqsimlashdagi ustuvorlik ro‘yxatdan o‘tganlarga berilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210617/moskvada-xorijiy-pravaga-ega-haydovchilardan-voz-kechmoqda-19285599.html
https://oz.sputniknews.uz/20210526/yol-harakati-qoidalarida-vijdon-sozi-yoq-18913922.html
https://oz.sputniknews.uz/20191218/Taksichi-migrantlar-Rossiya-aydovchilik-guvonomasini-olishi-kerak--yangi-onun-13042587.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksey Stefanov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/688/43/6884324_49:26:119:96_100x100_80_0_0_b10a4fef983375ac34d9ee551bfa40f2.jpg
Aleksey Stefanov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/688/43/6884324_49:26:119:96_100x100_80_0_0_b10a4fef983375ac34d9ee551bfa40f2.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/14/15216095_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_f32c284e6c2c8837a843563843addfad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksey Stefanov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/688/43/6884324_49:26:119:96_100x100_80_0_0_b10a4fef983375ac34d9ee551bfa40f2.jpg
rossiya, taksi, moskva, haydovchilar, yandeks taksi
rossiya, taksi, moskva, haydovchilar, yandeks taksi
Haydovchining raqamli profili: Rossiyada xorijlik taksichilarni nimalar kutmoqda
19:29 10.08.2021 (yangilandi: 19:37 10.08.2021) 14 avgustdan boshlab Moskvada taksichilar haydovchining raqamli profiliga ega bo‘lishlari kerak.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. 14-avgustdan boshlab Moskva va Moskva viloyatida taksichilar haydovchining raqamli profilisiz rasmiy ravishda ishlay olmaydilar. Yangicha tartib “Taksi ishi tahlili” Kompleks axborot tizimi yoki qisqacha “TIH” KAT (ruscha Kompleksnaya informatsionnaya sistema "Analitika raboti taksi" (KIS "ART") deb ataladi. Profilni Gosuslugi orqali yuritish kerak. Raqamli profilni qanday olish mumkin va bu borada taksichi migrantlar qanday fikrda – Sputnik muxbiri o‘rgandi.
YTHlarini kamaytirish maqsadida
KIS "ART" tizimi orqali Moskva hukumati taksi haydovchilari haddan ziyod ishlashlari va toliqqanlikdan sodir etadigan avariyalar sonini kamaytirishga umid qilishmoqda. Yangi tizim tom ma’noda taksichilar ortidan nazorat qilish imkonini beradi. Yangi tartib mualliflari bu yangi qoidalar emasligi, balki faqat monitoring tizimi ekanini aytishmoqda.
Transport departamenti statistikasiga ko‘ra, 2020-yilda Moskvada taksilar ishtirokida 1677 ta avariya ro‘y bergan, 1956 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan, 60 kishi halok bo‘lgan. So‘nggi yarim yil mobaynida 794 ta YTH sodir bo‘lgan.
KIS "ART" taksi ishini qanday nazorat qiladi
14 avgustdan tizim haydovchilar stajini tekshiradi. U uch yildan kam bo‘lmasligi kerak. To‘lanmagan jarimalar tekshiriladi. Agar bo‘lsa, to‘lashga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, sud dog‘i tekshiriladi. Taksida muqaddam og‘ir jinoyat sodir etganlar (qotillik, o‘g‘rilik, sog‘liqqa zarar yetkazish) ishlay olmaydilar. KIS "ART"ma’lumotlarni IIV va Federal soliq xizmati bazasidan oladi.
Taksi haydovchisi kuniga sakkiz soatdan ziyod ishlamasligi kerak. Ish haftasining umumiy davomiyligi 40 soatdan oshmasligi kerak. Tizim bu soatlarni aniq nazorat qiladi va oshib ketilgan taqdirda agregatlar haydovchilar buyurtma bermay qo‘yadi.
Bundan tashqari, tizimda tibbiy va texnik ko‘riklar hisoboti yuritiladi. Haydovchi ishga chiqishdan oldin taksopark yoki shartnoma tuzgan tashkilot xodimi uning ishga chiqishiga rusxat berilganini anglatuvchi qayd yozadi. Tizimda yo‘l varaqasi hisoboti ham yuritiladi.
ID olish uchun nima qilish kerak?
“Rossiya qonunchiligigiga ko‘ra, chet el davlatlari fuqarolari taksida ishlay oladilar. Majburiy talablardan biri – Rossiya haydovchilik guvohnomasi va uch yillik haydovchilik staji. Shuningdek, rus tili davlat tili sifatidan ishlatiladigan mamlakatlar “prava”lar o‘tadi – Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston”, - deya ma’lum qilishdi Sputnik nashriga Moskva Trasport departamentida.
Raqamli profilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun SNILS kerak. Uni Rossiya Pensiya jamg‘armasidan olish mumkin. Bu o‘rtacha ikki soatdan ziyod vaqtni olmaydi va xorijlik fuqarolar ham olishlari mumkin, deb ma’lum qilishdi Transport departamentida. Keyin
KIS "ART"tizimida ro‘yxatdan o‘tish darkor.
Muddati kechiktirilgan raqamli profil
“Hukumat taksi avtomobili kim o‘tirganini bilishni xohlayapti. Biz o‘z tarafimizdan hamkorlarimizni KIS “ART” nima ekani, Moskva va Moskva viloyatida ishlayotgan taksopark va haydovchilar tizimda qanday ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligi haqida xabardor qilamiz. O‘zimizning “Yandeks.Pro” tizimimiz orqali haydovchining raqamli profilining vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishini joriy etdik”, - deya ma’lum qildi Sputnik nashriga “Yandeks.Taksi” matbuot xizmati.
Bunda haydovchi “Yandeks.Pro”da ro‘yxatdan o‘tadi, xizmatga uning shaxsiy ma’lumotlarini KIS “ART”ga berishiga rozilik beradi, tizimda vaqtinchalik 14 kunga ID oladi. Ikki haftalik kechiktirish Gosuslugi orqali ro‘yxatdan o‘tmasdan buyurtma olish imkonini beradi.
Biroq sentabrga kelib haydovchi Gosuslugi portali orqali KIS “ART”da ro‘yxatdan o‘tishi va doimiy raqamli profil olishi shart. Agar ro‘yxatdan o‘tilmasa, avtomatik ravishdan buyurtma berish to‘xtatiladi.
“Ketapman – bugun mening oxirgi ish kunim, - deydi taksichi Sputnik bilan suhbatda. – Bir kunda sakkiz soatda biror bir narsa ishlab olishning imkoni yo‘q, hatto mashina ijara puli va benzinni. Men yigirma yil avval taksida ishlagandim – ana o‘sha paytlar pul ishlasa bo‘lardi. Boshqa ish qidirib ko‘raman endi”.
Andrey – rossiyalik, turli sohalarda katta tajribaga ega. Shuning uchun tez orada taksichilar ish qattiq nazorat ostiga olishini eshitganda unchalik qayg‘urmadi.
Tojikiston fuqarosi Abdulloning esa ish borasidagi tanlovi unchalik katta emas. Lekin uni KIS “ART” tizimi qo‘rqitmadi. Qayd etish joizki, taksichi raqamli profil olgunicha deyarli ikki oy vaqtini sarflagan.
“Ko‘p yildan beri Rossiyada ishlayman, patent olib, soliq to‘layman. Otam Moskvada o‘qigan va hamisha xorijga borganingda birinchi navbatda, xalqni, ikkinchidan, mahalliy mentalitetni, uchinchidan, qonunni hurmat qilgin deb aytardilar. Shu bois raqamli profil qilish kerak deyishdi, men qildim. Gosuslugida ro‘yxatdan o‘tib oldim. Hozir doimo taksichilar yuzasidan reydlar o‘tkazilmoqda, avgust o‘rtalaridan ular kam bo‘lishi mumkin, o‘shanda ishlash osonroq bo‘ladi”, - deya umid qiladi Abdullo.
O‘shlik Omat ham KIS “ART”dan ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarini topshirgan, lekin hozirgacha raqamli profil olingani haqidagi bildirishnoma olmagan.
“14 avgustdan keyin qarayman, agar pul topishning iloji bo‘lmasa yana oshpazlik kasbimga qaytaman. Ilgari oshpaz bo‘lib ishlaganmana, ovqat pishirishni bilaman. Hammasi qonuniy, hujjatlarim rasmiylashtirilgan. U ishning oyligi yaxshi”, - deydi u.
Jamoatchilik va kasaba arboblari fikrlari ikkiga bo‘lindi – kimdir raqamli profil joriy qilish yaxshi g‘oya emas deb hisoblasa, boshqalar uning afzalliklari haqida gapirishmoqda.
“Taksist” kasaba uyushmasi rahbari Yaroslav Sherbinin tizimning chalasini bitirish kerak, KIS “ART”da ro‘yxatdan o‘tish juda ko‘p vaqtni oladi. Ba’zan bir haftagacha cho‘zilishi mumkin, boshida ikki kundan oshmaydi deyilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim buning ustiga qotib ishlaydi, normativ bazasi yo‘q.
“Raqamli profil – hisobot yuritishni yo‘lga qo‘yish va ish vaqtini nazorat qilishga urinish. Moskva hukumai hisoblaydiki, ular shu tarzda taksi ishtirokidagi avariya, YTH bilan bog‘liq o‘lim holatlari sonini kamaytira olishlari mumkin. Tatbiq etish 1-avgustga belgilangan edi, lekin 14-avgustgacha qoldirildi. Bu vaqtga qadar hech qanday izoh bermagan bo‘lardim. Hammasi tez o‘zgarmoqda”, - dedi Moskva taksichilari kasaba uyushmasi raisi Nikolay Kolodov.
Ammo, Moskva shahri Transport departamenti rahbari o‘rinbosari Dmitriy Proninning ishontirishicha, shubha va ixtiloflarga qaramasdan, KIS “ART”da 97 foiz taksichilar yoki 60 ming haydovchilar allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, KIS “ART” tizimini joriy etish “biznesning ko‘plab iltimoslariga binoan” 14-avgustga ortga surilgan. Biroq hozirdanoq buyurtmalarni taqsimlashdagi ustuvorlik ro‘yxatdan o‘tganlarga berilmoqda.