Ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha jarimalar miqdori kamaytirilishi mumkin
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Obuna bo‘lish
Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ikki baravardan ham ko‘proqqa kamaytirilishi mumkin.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning beshta moddasidagi ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimalarni keskin kamaytirish taklif qilinmoqda. Adliya vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Xususan:
muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi uchun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilmoqda (amalda 245 ming so‘m, endilikda 122,5 ming so‘m etib taklif etilmoqda);
transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolar uchun ikki baravarga (amalda 245 ming so‘m, endilikda 122,5 ming so‘m etib taklif etilmoqda), mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga (amalda 735 ming so‘m, endilikda 490 ming so‘m etib taklif etilmoqda) kamaytirilmoqda;
fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazish uchun jarima miqdori BHMning o‘n baravaridan (2,45 mln so‘m) yigirma baravarigacha (4,9 mln so‘m) bo‘lgan miqdor oralig‘ida belgilanmoqda (amalda qat’iy miqdorda – 4,9 mln so‘m etib belgilangan);
buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga kamaytirilmoqda (amalda 1,2 mln so‘mdan 2,4 mln so‘mgacha, endilikda 735 ming so‘mdan 1,7 mln so‘mgacha, bir yil ichida qayta sodir etilganda amalda 2,4 mln so‘mdan 4,9 mln so‘mgacha, endilikda 1,7 mln so‘mdan 2,4 mln so‘mgacha etib belgilash taklif etilmoqda);
yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga kamaytirilmoqda (amalda fuqarolar uchun 4,9 mln co‘mdan 24,5 mln so‘mgacha, endilikda 1,7 mln so‘m etib, mansabdor shaxslar uchun 12,2 mln 36,7 mln so‘mgacha bo‘lsa, endilikda 7,3 mln so‘m etib belgilash taklif etilmoqda);
Bundan tashqari, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ikki baravardan ham ko‘proqqa kamaytirilmoqda (223-modda);
- O‘zbekiston fuqarosi pasport olmaganligi yoki uning shikastlanishi, yo‘qolganligi, shuningdek, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekistonda yashash guvohnomasi bo‘lmaganligi, yashash guvohnomasining shikastlangani yoki yo‘qolganligi uchun amaldagi 122 ming so‘mdan 735 ming so‘mgacha bo‘lgan jarima miqdori 81,6 ming so‘mdan 245 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorgacha etib belgilash taklif qilinmoqda;
- Fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni turar-joy binolarida yashashga ruxsat berganlik uchun amaldagi 2,4 mln so‘mdan 735 ming so‘mgacha etib belgilash taklif qilinmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan quyida tanishish mumkin.