Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimidagi yorqin lahzalar
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimidagi yorqin lahzalar
Sputnik O‘zbekiston
Tokio mezbonlik qilgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari nihoyalandi. Pandemiya sabab bir yil ortga surilgan Olimpiadani munosib o‘tkazishga musharraf bo‘lindi. 09.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
Bu Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 32-o‘rinni egalladi. Osiyo davlatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Eron kabi yetakchi sport davlatlaridan keyin beshinchi, MDH mamlakatlari orasida Rossiya Olimpiya qo‘mitasidan keyin ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘ldi. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida rekordchi Akbar Jo‘rayev, Mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng yosh Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov, bokschi Bahodir Jalolovlarning chiqishlarini alohida qayd etish mumkin.
Tokio mezbonlik qilgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari nihoyalandi. Pandemiya sabab bir yil ortga surilgan Olimpiadani munosib o‘tkazishga musharraf bo‘lindi.
Bu Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 32-o‘rinni egalladi.
Marosim garchi muxlislarsiz o‘tgan bo‘lsa ham, texnologiya bobida ancha rivojlangan Yaponiya o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda barchani lol qoldiruvchi dasturlarni namoyish qilishga erishdi.
O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida Rossiya Olimpiya qo‘mitasidan keyin ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘ldi.
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari 23-iyuldan 8-avgustga qadar bo‘lib o‘tdi.
Bu Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 32-o‘rinni egalladi. Osiyo davlatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Eron kabi yetakchi sport davlatlaridan keyin beshinchi, MDH mamlakatlari orasida Rossiya Olimpiya qo‘mitasidan keyin ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘ldi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida rekordchi Akbar Jo‘rayev, Mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng yosh Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov, bokschi Bahodir Jalolovlarning chiqishlarini alohida qayd etish mumkin.