https://oz.sputniknews.uz/20210809/shavkat-mirziyoevning-rossiyaga-tashrifi-epidemiologik-vaziyatga-bogliq---asadov-19999358.html
Sherzod Asadov prezidentning Rossiyaga tashrifi haqidagi savolga javob berdi
Sherzod Asadov prezidentning Rossiyaga tashrifi haqidagi savolga javob berdi
Sputnik O‘zbekiston
Delegatsiyalar, vazirliklar uchrashmoqda, bo‘lajak tashrifning kun tartibini shakllantirish jarayoni ketmoqda - prezident matbuot kotibi. 09.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-09T11:50+0500
2021-08-09T11:50+0500
2023-04-05T18:34+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1f/19002319_0:69:1280:790_1920x0_80_0_0_701c3b87f7e617dc41f74eac25780cd0.jpg
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi albatta uyushtiriladi, lekin aniq sanasi hozircha ma’lum emas, deb javob berdi prezident matbuot kotibi Sputnik muxbirining savoliga. - Shavkat Mirzoyevning Rossiyaga tashrifi saylovgacha bo‘lib o‘tadimi, yoki pandemiya tufayli yanada kechroq muddatga ko‘chirilishi mumkinmi? - O‘zbekiston prezidentirnin Rossiyaga tashrifi, so‘zsiz, kun tartibida turibdi. Faqat uning aniq sanasi epidemiologik vaziyatga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Lekin ushbu tashrifga tayyorgarlik to‘la-to‘kis olib borilmoqda. O‘zingiz guvoh bo‘lganingizdek, ikkala tomonning ham hukumat delegatsiyalari juda faol tashriflar amalga oshirishmoqda. O‘zbekiston bosh vaziri ham qo‘shma komissiya ishida ishtirok etish uchun Rossiyada bo‘lgan edi. Undan tashqari biz bu yerda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovni hamda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirini kutib oldik. Xullas, bo‘lajak tashrifning kun tartibini shakllantirish jarayoni ketmoqda, - dedi Sherzod Asadov. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi bir necha bor ortga surilgan edi. So‘nggi bor iyun oyida bo‘lib o‘tilishi haqida xabar berilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1f/19002319_0:0:1280:961_1920x0_80_0_0_beb4c2eb12e81eed8f7ef0d1c7812f7b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, rossiya
siyosat, shavkat mirziyoyev, rossiya
Sherzod Asadov prezidentning Rossiyaga tashrifi haqidagi savolga javob berdi
11:50 09.08.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Delegatsiyalar, vazirliklar uchrashmoqda, bo‘lajak tashrifning kun tartibini shakllantirish jarayoni ketmoqda - prezident matbuot kotibi.
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi albatta uyushtiriladi, lekin aniq sanasi hozircha ma’lum emas, deb javob berdi prezident matbuot kotibi Sputnik muxbirining savoliga.
- Shavkat Mirzoyevning Rossiyaga tashrifi saylovgacha bo‘lib o‘tadimi, yoki pandemiya tufayli yanada kechroq muddatga ko‘chirilishi mumkinmi?
- O‘zbekiston prezidentirnin Rossiyaga tashrifi, so‘zsiz, kun tartibida turibdi. Faqat uning aniq sanasi epidemiologik vaziyatga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Lekin ushbu tashrifga tayyorgarlik to‘la-to‘kis olib borilmoqda. O‘zingiz guvoh bo‘lganingizdek, ikkala tomonning ham hukumat delegatsiyalari juda faol tashriflar amalga oshirishmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri ham qo‘shma komissiya ishida ishtirok etish uchun Rossiyada bo‘lgan edi. Undan tashqari biz bu yerda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovni hamda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirini kutib oldik. Xullas, bo‘lajak tashrifning kun tartibini shakllantirish jarayoni ketmoqda, - dedi Sherzod Asadov.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi bir necha bor ortga surilgan edi. So‘nggi bor iyun oyida bo‘lib o‘tilishi haqida xabar berilgan edi.