Qalblarni eritgan o‘zbek quyoshi: O‘zbekiston va Rossiya ijodkorlarining yangi kartinasi

© Anons.uz"Solnse na vkus" - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Solnse na vkus - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Ayni kunlarda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Rossiyaning “Sputnik Vostok Prodakshn” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Solnse na vkus” (“Quyosh lazzati”) nomli filmini suratga olish jarayonlari yakunlanib premyera namoyishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, - deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Quyosh lazzati” kartinasining premyerasi sentabr oyining oxirida,“Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, - deyilgan xabarda.

Yangi filmning nomi haqida: mualliflar qaynoq Osiyo quyoshidan qanday “lazzat” topishdi ekan? Bu savolga javob berish uchun suratga olish bilan bog‘liq qiziq bir faktga e’tibor qaratish lozim. Dastlabki ssenariyga ko‘ra, bir oilaga mansub bobo bilan nabira yo‘qolib qolishi, oilaning qolgan a’zolari esa ularni izlashi lozim edi – mana shunday jo‘n va oddiy voqealar.
Biroq film direktori Sayyora Xudoyberdiyevaning ma’lum qilishicha, rossiyalik ijodkorlar Buxoro, Samarqand va Xiva kabi durdona shaharlarda bo‘lib, bunday go‘zallikdan munosibroq foydalanish lozim, degan xulosaga kelishdi va natijada ssenariy butunlay qayta yozildi.
© Anons.uz"Solnse na vkus" - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Solnse na vkus - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
"Solnse na vkus" - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Endi voqealar rivojiga binoan, Moskvada yashaydigan oila O‘zbekistonga tashrif buyuradi. O‘zaro kelishmovchiliklar va adovatlar girdobida qolgan oila a’zolari O‘zbekistonda bo‘lish vaqtida bir-birlarini qayta kashf qiladilar, orada iliqlik, muhabbat tiklanadi. Bir so‘z bilan aytganda, jazirama Sharq quyoshi qalblardagi “muz”larni eritadi. Shu ma’noda film nomi uning g‘oyasini to‘la aks ettiradi, deyish mumkin.
“Ipak yo‘li durdonasi” kinofestivali doirasida Rossiya kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan yana bir kartina - “Baron” filmining ikkinchi qismi ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. "Bu muxlislarga munosib sovg‘amiz bo‘ladi", - deya umid bildirdi film rejissori Rustam Sa’diyev.
© Anons.uz"Solnse na vkus" - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Solnse na vkus - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
"Solnse na vkus" - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Aytish joizki, bundan buyon Rossiya va O‘zbekiston kinoijodkorlarining hamkorligi yil sayin yanada sermahsul bo‘lib boradi. Sababi, bugungi kunda Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti (VGIK)da tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar safiga (hozir ular 7 kishi) yangi o‘quv yilidan yana 30 nafar abituriyent qo‘shilishi, bundan tashqari, 15 nafar yoshlarni institutning aktorlik ustaxonalarida tahsil olishga yuborish rejalashtirilgan. Soha mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Toshkentda VGIK filialining tashkil etilishi esa hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi. Filialning taqdimot marosimi “Ipak yo‘li durdonasi” festivali doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali 1968 - 1997-yillarda Toshkentda o‘tkazib kelingan "Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali"ining davomchisi hisoblanadi. Bu yilgi kinofestival 28-sentabrdan 3-oktabrga qadar "Tinchlik, taraqqiyot va ma’rifat" shiori ostida bo‘lib o‘tadi.
© Anons.uz"Solnse na vkus" - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Solnse na vkus - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
"Solnse na vkus" - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma
Yangiliklar lentasi
0