Prezident ushbu hafta tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom teplosnabjeniya Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom teplosnabjeniya Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Obuna bo‘lish
Prezidentning haftalik rejalari: Toshkent viloyati va Surxondaryoga tashriflar, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 9 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Toshkent va Surxondaryo viloyatlaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishadi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Ushbu haftada muxtaram prezidentimiz Toshkent viloyatida ishlab chiqarish loyihalari, Surxondaryoda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va yo‘l bo‘yida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishib chiqadi, - dedi prezident matbuot kotibi.

Undan tashqari, ushbu hafta davomida Shavkat Mirziyoyev va prezident administratsiyasi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda, - dedi prezidet matbuot kotibi
Yangiliklar lentasi
0