O‘zbekistonda prezident saylovi uchun okruglar tuzildi

© Sputnik / Maksim BlinovKak golosovali uzbekistansi v Moskve na parlamentskix viborax
Kak golosovali uzbekistansi v Moskve na parlamentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Obuna bo‘lish
Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzish va OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okruglari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qayd etilishicha, har bir saylov okrugidagi saylovchilar soni yig‘ilish o‘tkazilgan sanagacha saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimining ma’lumotlari asosida aniqlangan.
Saylov okruglari ro‘yxati, ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashuvi ko‘rsatilgan holda MSK tomonidan e’lon qilinadi.
Yig‘ilishda, shuningdek, OAV vakillarini akkreditatsiya qilish masalasi ham muhokama qilindi.
Jenshina golosuyet na izbiratelnom uchastke vo vremya viborov prezidenta Uzbekistana. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
O‘zbekistonda bunday saylovlar bo‘lmagan: 2021-yil oktabrda saylovchilarni nimalar kutmoqda
Bugungacha MSKga akkreditatsiyadan o‘tkazishni so‘rab bir qator ommaviy axborot vositalaridan murojaatlar kelib tushgan. Yig‘ilishda 500 dan ortiq OAV vakillariga akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tegishli guvohnomalarni berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Kelgusida OAVdan murojaaatlar bo‘yicha MSK ularning akkreditatsiyasini o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi.
O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga 23-iyul kuni start berildi. Saylovlarda 5 ta partiya – "Adolat" SDP, "Milliy tiklanish" DP, O‘zLiDeP, XDP va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega va ular o‘z nomzodlarini ko‘rsatishdi. Saylov 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0