https://oz.sputniknews.uz/20210809/kamaz-ozbekistonda-400-kishini-ishga-oladi-19998335.html
“KAMAZ” O‘zbekistonda 400 kishini ishga oladi
“KAMAZ” O‘zbekistonda 400 kishini ishga oladi
Sputnik O‘zbekiston
Kelajakda mehnat migrantlari professional ko‘nikmalar olishi va o‘z malakalarini oshirishi imkoniga ega bo‘ladilar. 09.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-09T11:16+0500
2021-08-09T11:16+0500
2021-08-09T11:20+0500
migratsiya
migrantlar
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/09/19998577_0:141:3141:1908_1920x0_80_0_0_258dbfb4604fd96795d3b0848ea57ccf.jpg
TOShKENT, 9 avg – Sputnik. PAO “KAMAZ”ning bir guruh mutaxassislari O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga olish maqsadida Respublikaga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning yetakchi yuk avtomobillar korxonasiga ishga jalb qilish imkoniyati ikki davtlat hukumatlari hamda “KAMAZ” va O‘zbekistoning Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi orasida 2021-yilning iyul oyida imzolangan kelishuvdan so‘ng paydo bo‘ldi.Ushbu loyihaning samarali amalga oshirilishidan ikkala tomon ham manfaatdor: “KAMAZ” o‘z mehnatsevarligi, ishga munosabati va tartib intizomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik ishchilarlarga ega bo‘ladi, O‘zbekiston fuqarolari esa Rossiyaning yirik va zamonaviy korxonalaridan birida ishga joylashish imkoniga ega bo‘lishadi.Kelajakda mehnat migrantlari professional ko‘nikmalar olishi va o‘z malakalarini oshirishi imkoniga ega bo‘ladilar.Ma’lumot uchun, bugungi kunda PAO "KAMAZ" 60 dan ortiq modeldagi yuk avtomobillari, prinseplar, avtobuslar, dvigatellar va boshqa uskunalar ishlab chiqaradi. Korxonaning ishlab chiqarish hajmi yil sayin oshib bormoqda. 2021-yilning birinchi yarmida 24 mingdan ortiq mashina komplektlari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1/3 baravar ko‘p. 2018-yildan boshlab “KAMAZ” elektrobuslar ishlab chiqarishni boshlagan. Bugungi kunda PAO “KAMAZ” tarkibiga MDH hududida joylashgan 109ta korxona kiradi, ishchilar umumiy soni 32,7 mingdan ortiq.
https://oz.sputniknews.uz/20200917/VEB-zbekistonda-Kamaz-avtomobili-va-makhsus-tekhnikasini-kharid-ilishni-moliyalashtiradi-14995829.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/09/19998577_206:0:2935:2047_1920x0_80_0_0_07d3a515abc3800cf59e907e50effbc5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, iqtisod
migratsiya, migrantlar, iqtisod
“KAMAZ” O‘zbekistonda 400 kishini ishga oladi
11:16 09.08.2021 (yangilandi: 11:20 09.08.2021) Kelajakda mehnat migrantlari professional ko‘nikmalar olishi va o‘z malakalarini oshirishi imkoniga ega bo‘ladilar.
TOShKENT, 9 avg – Sputnik. PAO “KAMAZ”ning bir guruh mutaxassislari O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda ishga olish maqsadida Respublikaga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning yetakchi yuk avtomobillar korxonasiga ishga jalb qilish imkoniyati ikki davtlat hukumatlari hamda “KAMAZ” va O‘zbekistoning Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi orasida 2021-yilning iyul oyida imzolangan kelishuvdan so‘ng paydo bo‘ldi.
Ushbu loyihaning samarali amalga oshirilishidan ikkala tomon ham manfaatdor: “KAMAZ” o‘z mehnatsevarligi, ishga munosabati va tartib intizomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik ishchilarlarga ega bo‘ladi, O‘zbekiston fuqarolari esa Rossiyaning yirik va zamonaviy korxonalaridan birida ishga joylashish imkoniga ega bo‘lishadi.
“Bu yerda ishchilar kasbga o‘qitish, ijtimoiy kafolatlar, tibbiy sug‘urta va turar joy bilan ta’minlanadi. Undan tashqari ularning O‘zbekistondan Naberejnie Chelni shahrigacha kelish transport xarajatlarini ham qoplab beriladi. Bularning barchasi kelajakda ham o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Kelajakda mehnat migrantlari professional ko‘nikmalar olishi va o‘z malakalarini oshirishi imkoniga ega bo‘ladilar.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda PAO "KAMAZ" 60 dan ortiq modeldagi yuk avtomobillari, prinseplar, avtobuslar, dvigatellar va boshqa uskunalar ishlab chiqaradi. Korxonaning ishlab chiqarish hajmi yil sayin oshib bormoqda. 2021-yilning birinchi yarmida 24 mingdan ortiq mashina komplektlari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1/3 baravar ko‘p. 2018-yildan boshlab “KAMAZ” elektrobuslar ishlab chiqarishni boshlagan. Bugungi kunda PAO “KAMAZ” tarkibiga MDH hududida joylashgan 109ta korxona kiradi, ishchilar umumiy soni 32,7 mingdan ortiq.