Daraxtni deb yuzaga kelgan janjaldan so‘ng Ekopartiya rahbari hodisa joyiga bordi

© Press-slujba Ekopartii RUzLider Ekopartii Narzullo Oblomurodov izuchil situatsiyu s virubkom dereva
Lider Ekopartii Narzullo Oblomurodov izuchil situatsiyu s virubkom dereva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston Ekologik partiyasi ona tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan daraxtlarning kesilishini keskin qoralaydi", - deb aniqlik kiritadi partiya matbuot-xizmati vakili.
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Toshkent shahri Uchtepa tumanida kuni kecha mahalliy faollar va daraxtni kesishni rejalashtirganlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgach, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov boshchiligida o‘rganish ishlari olib bordi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video-rolikda Uchtepa tumanida daraxt kesilishiga norozi bo‘lgan fuqarolar va daraxt kesayotganlar o‘rtasida katta janjal yuzaga kelgani aks etgan.
V Yunusabadskom rayone Tashkenta ostanovlena nezakonnaya virubka derevyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2019
O‘zbekistonda qimmatbaho navlardagi daraxtlar kesilishiga moratoriy e’lon qilindi
Daraxtlarni kesayotganlar qo‘lida arra bilan "Bizda ruxsat bor!", deb baqirsa, mahalliy faollar deyarli jonli qalqon bo‘lib, daraxtni o‘rab olib, ularga qarshilik ko‘rsatgan.
Mojaro yarim kechgacha davom etgan, mahalliy faollar daraxtni asrab qolish uchun uyqudan voz kechib, navbatchilik qilayotgani holati ham tasvirga olingan.
Video ijtimoiy-tarmoqlarda qizg‘in-bahs munozaralarga sabab bo‘ldi.
Bugun holat yuzasidan eko-partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov boshchiligida o‘rganish ishlari olib borildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga partiya matbuot-xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, Oblomurodov aholi vakillari bilan uchrashgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Uchtepa tumanida yashovchi B.Daminov aholi yashash xududi orasida qurilish qilish maqsadida yollanma ishchini jalb qilgan holda mazkur hududdagi bir tup diametri 39,4 sanimetr bo‘lgan safora daraxtini kesmoqchi bo‘lgan vaziyatda aholi vakillari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Keskin noroziliklarga sabab bo‘lgan mazkur holat O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan nazoratga olindi, dedi partiya vakili.
Nazorat ishlariga ekologiya inspeksiyasi hamda profilaktika inspektori jalb etilgan. Bu borada hatto jamoatchilik eshituvini o‘tkazish rejalashtirilgan.
"O‘zbekiston Ekologik partiyasi ona tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan daraxtlarning kesilishini keskin qoralaydi", - deb aniqlik kiritadi partiya matbuot-xizmati vakili.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi jumladan, Uchtepa tumani hokimligi, mutasaddi tashkilotlarni mazkur holatni aholi fikrini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqishga chaqirib qolgan.
Yangiliklar lentasi
0