https://oz.sputniknews.uz/20210807/jamoat-xavfsizligi-universitetiga-oqishga-qabul-qilish-tartibi-belgilandi-19984505.html
Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi
Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Universitetga o‘qishga faqat O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi. Arizalar har yili 1-fevraldan 20-martga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 07.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-07T09:19+0500
2021-08-07T09:19+0500
2021-08-07T09:19+0500
jamiyat
universitet
xavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0b/15158281_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_a2e5147bf1dd70e4a2469496a197cacb.jpg
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Hukumat qarori bilan Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.Nizomga ko‘ra, universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga nomzodlarni kursantlar safiga qabul qilish harbiy-professional yo‘nalish, dastlabki saralab olish va test sinovlari bosqichlarida amalga oshiriladi.Universitetga o‘qishga faqat O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.Universitetga kirish istagini bildirgan:Arizalar har yili 1-fevraldan 20-martga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.Universitetga nomzodlarni kursant, tinglovchi va talabalar safiga o‘qishga qabul qilish Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan (to‘liq davlat taxminotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.Universitet bitiruvchilariga tegishli namunadagi diplom va harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlarga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.Umumfuqaroviy asosda talabalikka qabul qilishning to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari, qo‘shimcha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish universitet tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.Shuningdek, universitet magistraturasiga 5-yil va undan ko‘p mehnat stajiga ega bo‘lgan, kamida “mayor” ofitser lavozimlarida xizmat o‘tayotgan, o‘qishga qabul yilining 31-dekabrigacha 45 yoshdan oshmagan harbiy xizmatchilar (xodimlar) qabul qilinadi.Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarning oxirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul ta’minoti o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.Universitetning “Yo‘l-patrul xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Patrul-post xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Pasport tizimini huquqiy ta’minlash” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlar bilan dastlabki saralab olish tadbirlari Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210701/toshkentda-rossiya-tibbiyot-universiteti-filiali-ochiladi-19503485.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0b/15158281_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_c3dcf54fadd60072bb60a106f0cfb2e9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, universitet, xavfsizlik
jamiyat, universitet, xavfsizlik
Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi
Universitetga o‘qishga faqat O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi. Arizalar har yili 1-fevraldan 20-martga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Hukumat qarori bilan Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida
ma’lum qilindi. Nizomga ko‘ra, universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga nomzodlarni kursantlar safiga qabul qilish harbiy-professional yo‘nalish, dastlabki saralab olish va test sinovlari bosqichlarida amalga oshiriladi.
Universitetga o‘qishga faqat O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
Universitetga kirish istagini bildirgan:
fuqarolar ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga yoki Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limlariga ariza bilan;
harbiy xizmatchilar (xodimlar) o‘zlari xizmat o‘tayotgan harbiy qismga bildirgi bilan murojaat qiladi.
Arizalar har yili 1-fevraldan 20-martga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Universitetga nomzodlarni kursant, tinglovchi va talabalar safiga o‘qishga qabul qilish Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan (to‘liq davlat taxminotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Universitet bitiruvchilariga tegishli namunadagi diplom va harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlarga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.
Umumfuqaroviy asosda talabalikka qabul qilishning to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari, qo‘shimcha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish universitet tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Shuningdek, universitet magistraturasiga 5-yil va undan ko‘p mehnat stajiga ega bo‘lgan, kamida “mayor” ofitser lavozimlarida xizmat o‘tayotgan, o‘qishga qabul yilining 31-dekabrigacha 45 yoshdan oshmagan harbiy xizmatchilar (xodimlar) qabul qilinadi.
Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarning oxirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul ta’minoti o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.
Universitetning “Yo‘l-patrul xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Patrul-post xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Pasport tizimini huquqiy ta’minlash” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlar bilan dastlabki saralab olish tadbirlari Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi.