O‘zbekistonda 67ta maktabda ot sporti rivojlantiriladi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy konniy turnir
Mejdunarodniy konniy turnir  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ot sportini rivojlantirish, ushbu sohaga kerakli kadrlar tayyorlash hamda naslli va zotdor otlarni parvarishlashga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi 67 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabida ot sporti bo‘yicha bo‘limlar ochiladi. Bu haqida prezidentning yangi qarorida aytib o‘tilgan.
Hujjatga ko‘ra 2021–2025 yillarda 67 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablarida ot sporti turlari, shu jumladan zamonaviy beshkurash bo‘yicha 52 ta, polo bo‘yicha 15 ta bo‘lim tashkil etiladi.
Naslli va zotdor otlarni ko‘paytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 170 ta yilqichilik xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Shuningdek, ushbu sohaga kerakli kadrlar tayyorlash va kadrlarni rag‘batlantirish maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan:
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hamda uning Nukus va Toshkent filiallarida yilqichilikka ixtisoslashgan veterinariya shifokorlari va zootexniklarini tayyorlash bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi;
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallarida ot sporti bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maxsus sirtqi ta’lim shakli ochiladi.
ot sporti bo‘yicha mehnatni rag‘batlantirishda usta-chavandoz, ot parvarishlovchi, taqachi, otxona boshlig‘i (brigadir) – trenerga, veterinar-shifokor – shifokorga, zootexnik va feldsher-veterinar – hamshiraga tenglashtiriladi.
2022 yil 1-sentabrgacha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida 30 o‘rinli zamonaviy otxona binosi va ochiq sport maneji barpo etiladi.
Undan tashqari 2021-yilning 1-sentabrdan boshlab har yili ot yo‘rttirish turi bo‘yicha Toshkent viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, to‘siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida “Qarshi Open”, Toshkent shahrida “Millatlar kubogi” xalqaro turnirlari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda prezidentning 3057-sonli qarori bilan O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi tashkil qilingan edi. Ushbu qarorga muvofiq Ot sporti federatsiyasi buyon zotdor va xizmat otlarnin yetishtirish va seleksiya qilish bilan ham shug‘ullanadi.
Yangiliklar lentasi
0