https://oz.sputniknews.uz/20210805/xitoyning-uxan-shahridan-toshkentga-birinchi-yuk-poezdi-yolga-chiqdi-19966892.html
Xitoyning Uxan shahridan Toshkentga birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi
Xitoyning Uxan shahridan Toshkentga birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Poyezdda umumiy og‘irligi 600 tonnadan ortiq bo‘lgan mollar o‘rin olgan. 05.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-05T18:24+0500
2021-08-05T18:24+0500
2021-10-20T16:23+0500
iqtisod
hamkorlik
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20989342_0:269:2683:1778_1920x0_80_0_0_c6b7ba561ec416b5c733dc3dcd1e6ce5.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. 28-iyul kuni Xitoyning Xubey provinsiyasining ma’muriy markazi Uxan shahridan №75151 – sonli birinchi yuk poyezdi Toshkentga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.Xitoyning yetakchi "Jenmin jibao" gazetasining elektron nashriga ko‘ra, poyezd Shinjon uyg‘ur avtonom rayoni Xorgos temir yo‘l postidan o‘tadi va 12 kun ichida o‘z manziliga yetib keladi. "China Railway Modern Logistics Technology Co., Ltd" logistika kompaniyasi xodimining gazeta muxbiriga aytishicha, "Ushbu to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l loyihasining ishga tushirilishi Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida sanoat mollari almashinuvini oshishiga va, shubhasiz, trasport xarajatlari va tovarlarni yetkazib berish bilan bog‘liq vaqtning qisqartirishiga xizmat qiladi".Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda "Xebey Gaoi-Xorgos-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha 50 ta vagondan iborat birinchi xalqaro yuk poyezdining qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/14/20989342_0:18:2683:2030_1920x0_80_0_0_0ac501a68791ad900787b4dacb559282.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, hamkorlik, xitoy
iqtisod, hamkorlik, xitoy
Xitoyning Uxan shahridan Toshkentga birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi
18:24 05.08.2021 (yangilandi: 16:23 20.10.2021) Poyezdda umumiy og‘irligi 600 tonnadan ortiq bo‘lgan mollar o‘rin olgan.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. 28 iyul kuni Xitoyning Xubey provinsiyasining ma’muriy markazi Uxan shahridan №75151 – sonli birinchi yuk poyezdi Toshkentga jo‘nab ketdi, deb
xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Xitoyning yetakchi "Jenmin jibao" gazetasining elektron nashriga ko‘ra, poyezd Shinjon uyg‘ur avtonom rayoni Xorgos temir yo‘l postidan o‘tadi va 12 kun ichida o‘z manziliga yetib keladi.
Poyezdda umumiy og‘irligi 600 tonnadan ortiq bo‘lgan bolalar aravachalari, paxta tolasidan tayyorlangan iplar, poyabzal buyoqlari, maishiy texnika, konditsionerlar uchun butlovchi qismlar, mato va boshqa iste’mol mollari o‘rin olgan.
"China Railway Modern Logistics Technology Co., Ltd" logistika kompaniyasi xodimining gazeta muxbiriga aytishicha, "Ushbu to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l loyihasining ishga tushirilishi Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida sanoat mollari almashinuvini oshishiga va, shubhasiz, trasport xarajatlari va tovarlarni yetkazib berish bilan bog‘liq vaqtning qisqartirishiga xizmat qiladi".
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda "Xebey Gaoi-Xorgos-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha 50 ta vagondan iborat birinchi xalqaro yuk poyezdining qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.