https://oz.sputniknews.uz/20210805/tokio-olimpiadasi-on-uchinchi-kun-yakunlari-19967624.html
Tokio Olimpiadasi: o‘n uchinchi kun yakunlari
Tokio Olimpiadasi: o‘n uchinchi kun yakunlari
Sputnik O‘zbekiston
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining 13-kuni nihoyalandi. Unda O‘zbekiston vakillari sportning yengil atletika, erkin kurash, zamonaviy beshkurash yo‘nalishlarida medal... 05.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-05T19:41+0500
2021-08-05T19:41+0500
2023-04-05T15:48+0500
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida
tokio olimpiadasi-2020
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19964120_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_0bef53373defbd76ef136815056dc94f.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining 13-kunida o‘zbekistonlik sportchilar sportning to‘rt yo‘nalishida medallar uchun qizg‘in kurash olib borishdi. Sputnik O‘zbekiston vakillarining bugungi Olimpiya o‘yinlarida chiqishlarini sarhisob qiladi.Yengil atletika: finalga chiqqan Safina SadullayevaErta tongdan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan yengil atletika bahslariga start berildi. Ko‘pkurashchi Yekaterina Voronina guruhda 12-pog‘onani egallab, Olimpiada bilan xayrlashdi.Balandlikka sakrash yo‘nalishida Svetlana Radzivil hamda Safina Sadullayeva saralash bosqichida o‘z omadini sinab ko‘rdi. Radzivil saralash doirasida 1.93 metr natijadan o‘ta olmadi va u uchun ham musobaqalar yakunlandi.Safina Sadullayeva esa saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final dasturida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sadullayeva 1.95 metr balandlikdan o‘ta oldi. Ushbu yo‘nalishning final bahslari 7-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:35 da boshlanadi. Bo‘lajak bellashuvda ham Sadullayevaga omad tilab qolamiz.Erkin kurash: bugun medalsiz qoldik, ammo ertaga umid borBronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi Javrail Shapiyev (-86 kg) o‘tish bosqichida Stefan Reyxmut bilan kurashdi. Murosasiz kurashda o‘zbekistonlikning qo‘li balandi keldi. Bronza uchun asosiy jangda Shapiyev imkoniyatni rossiyalik Artur Nayfonovga boy berdi va medalsiz qoldi.Yana bir erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev bronza medali uchun o‘tish bosqichida ishtirok etdi. -57 kg vazn toifasida kurashgan Abdullayev AQSh vakili Tomas Gilmanga yengildi.Uchinchi mahoratli erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov dastlabki davrada Puerto-Riko vakili Franklin Gomes ustidan g‘alaba qozondi. Keyin u finalda rossiyalik Zaurbek Sidakovga qarshi gilamga chiqib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Keyinchalik rossiyalik kurashchi finalga yo‘l oldi va bu esa O‘zbekiston vakiliga bronza medal uchun kurashni davom ettirish imkoniyatini tug‘dirdi. Shu tariqa ertangi dasturda Abdurahmonov o‘tish bosqichida Gvineya-Bissau vakili Midana Augisto bilan kurashadi. Abdurahmonov uni mag‘lub eta olsa, bronza medali uchun qozog‘istonlik Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi.Zamonaviy beshkurash: o‘zbekistonlikning ilk debutiTokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari zabt etgan yangi sport turi zamonaviy beshkurash bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada Alise Faxrutdinova kurashga kirishdi. Reglamentga ko‘ra, dastlab qilichbozlik bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.U 35 jangdan 16 tasidan g‘alaba qozondi va bu unga 196 ochko taqdim qildi. Hozircha Faxrutdinova 22-pog‘onada ketmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210805/cafina-sadullaeva-finalga-chiqdi-19956289.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19964120_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_9297089b538923ed37f876b221bd756f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida, tokio olimpiadasi-2020, sport
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida, tokio olimpiadasi-2020, sport
Tokio Olimpiadasi: o‘n uchinchi kun yakunlari
19:41 05.08.2021 (yangilandi: 15:48 05.04.2023) Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining 13-kuni nihoyalandi. Unda O‘zbekiston vakillari sportning yengil atletika, erkin kurash, zamonaviy beshkurash yo‘nalishlarida medal uchun omadlarini sinab ko‘rishdi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining 13-kunida o‘zbekistonlik sportchilar sportning to‘rt yo‘nalishida medallar uchun qizg‘in kurash olib borishdi.
Sputnik O‘zbekiston vakillarining bugungi Olimpiya o‘yinlarida chiqishlarini sarhisob qiladi.
Yengil atletika: finalga chiqqan Safina Sadullayeva
Erta tongdan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan yengil atletika bahslariga start berildi. Ko‘pkurashchi Yekaterina Voronina guruhda 12-pog‘onani egallab, Olimpiada bilan xayrlashdi.
Balandlikka sakrash yo‘nalishida Svetlana Radzivil hamda Safina Sadullayeva saralash bosqichida o‘z omadini sinab ko‘rdi. Radzivil saralash doirasida 1.93 metr natijadan o‘ta olmadi va u uchun ham musobaqalar yakunlandi.
Safina Sadullayeva esa saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final dasturida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sadullayeva 1.95 metr balandlikdan o‘ta oldi. Ushbu yo‘nalishning final bahslari 7-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:35 da boshlanadi. Bo‘lajak bellashuvda ham Sadullayevaga omad tilab qolamiz.
Erkin kurash: bugun medalsiz qoldik, ammo ertaga umid bor
Bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi Javrail Shapiyev (-86 kg) o‘tish bosqichida Stefan Reyxmut bilan kurashdi. Murosasiz kurashda o‘zbekistonlikning qo‘li balandi keldi. Bronza uchun asosiy jangda Shapiyev imkoniyatni rossiyalik Artur Nayfonovga boy berdi va medalsiz qoldi.
Yana bir erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev bronza medali uchun o‘tish bosqichida ishtirok etdi. -57 kg vazn toifasida kurashgan Abdullayev AQSh vakili Tomas Gilmanga yengildi.
Uchinchi mahoratli erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov dastlabki davrada Puerto-Riko vakili Franklin Gomes ustidan g‘alaba qozondi. Keyin u finalda rossiyalik Zaurbek Sidakovga qarshi gilamga chiqib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Keyinchalik rossiyalik kurashchi finalga yo‘l oldi va bu esa O‘zbekiston vakiliga bronza medal uchun kurashni davom ettirish imkoniyatini tug‘dirdi.
Shu tariqa ertangi dasturda Abdurahmonov o‘tish bosqichida Gvineya-Bissau vakili Midana Augisto bilan kurashadi. Abdurahmonov uni mag‘lub eta olsa, bronza medali uchun qozog‘istonlik Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi.
Zamonaviy beshkurash: o‘zbekistonlikning ilk debuti
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari zabt etgan yangi sport turi zamonaviy beshkurash bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada Alise Faxrutdinova kurashga kirishdi. Reglamentga ko‘ra, dastlab qilichbozlik bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
U 35 jangdan 16 tasidan g‘alaba qozondi va bu unga 196 ochko taqdim qildi. Hozircha Faxrutdinova 22-pog‘onada ketmoqda.