https://oz.sputniknews.uz/20210805/ssv-ozbekistonga-tez-kunlarda-90-ming-doza-sputnik-v-2-komponenti-keltiriladi-19967834.html
SSV: O‘zbekistonga tez kunlarda 90 ming doza “Sputnik V” 2-komponenti keltiriladi
SSV: O‘zbekistonga tez kunlarda 90 ming doza “Sputnik V” 2-komponenti keltiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Internetda tarqalgan shov-shuvlarga javoban vazirlik, “Sputnik V” vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oralig‘ini 21 kundan 90 kungacha... 05.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-05T19:49+0500
2021-08-05T19:49+0500
2021-08-05T19:49+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sputnik v vaksinasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/05/19538494_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_ff251d1ef77c30250c2883e78fc0ef75.jpg
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi internet tarmoqlarida “Sputnik V” vaksinasining komponentlari yetishmovchiligi kuzatilayotgani haqida tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, shu kunga qadar O‘zbekistonga 370 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelingan. Ularning 230 000 dozasi 1 – komponent, 140 000 dozasi 2-komponent hisoblanadi. 2021-yil 4-avgust holatiga ko‘ra, 341 260 doza “Sputnik V” emlash jarayonlarida qo‘llanilgan bo‘lib, 212 818 nafar shaxs vaksinaning faqat birinchi dozasini olgan. 128 442 nafar fuqaro 2-dozani ham qabul qilib, to‘liq emlangan. Ma’lum bo‘lmoqdaki, vaksinaning har ikkala komponentlari miqdori tenglashishi uchun yurtimizga yana 90 ming doza vaksina keltirilishi kerak. ""Sputnik V"ning 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda yurtimizga keltirilishi kutilmoqda. Qolaversa, Gamaleya nomli ilmiy tadqiqot instituti direktori Aleksandr Ginsburg va sohaning qator nufuzli olimlari “Sputnik V” vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oralig‘ini 21 kundan 90 kungacha uzaytirish mumkinligini ma’lum qilishgan. Xulosa qilish mumkinki, vaksinaning komponentlarini qabul qilish oraliq muddati uzayishi ham uning ta’sir kuchiga monelik qila olmaydi", - deyiladi vazirlikning rasmiy bayonotida.Eslatib o‘tamiz, Olmaliq shahridagi “Jurabek laboratories” qo‘shma korxonasida ham koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Shu yilning 29-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu korxona faoliyati bilan tanishgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210802/asadov-ozbekistonda-sputnik-v-ishlab-chiqarishdan-asosiy-maqsad-nimaligini-aytdi--19919567.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/05/19538494_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_176e1d1f6a9f2e2453bf8a8826e84bfa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi
SSV: O‘zbekistonga tez kunlarda 90 ming doza “Sputnik V” 2-komponenti keltiriladi
Internetda tarqalgan shov-shuvlarga javoban vazirlik, “Sputnik V” vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oralig‘ini 21 kundan 90 kungacha uzaytirish mumkin, deya aniqlik kiritib o‘tgan
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi internet tarmoqlarida “Sputnik V” vaksinasining komponentlari yetishmovchiligi kuzatilayotgani haqida tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, shu kunga qadar O‘zbekistonga 370 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelingan.
Ularning 230 000 dozasi 1 – komponent, 140 000 dozasi 2-komponent hisoblanadi. 2021-yil 4-avgust holatiga ko‘ra, 341 260 doza “Sputnik V” emlash jarayonlarida qo‘llanilgan bo‘lib, 212 818 nafar shaxs vaksinaning faqat birinchi dozasini olgan.
128 442 nafar fuqaro 2-dozani ham qabul qilib, to‘liq emlangan.
Ma’lum bo‘lmoqdaki, vaksinaning har ikkala komponentlari miqdori tenglashishi uchun yurtimizga yana 90 ming doza vaksina keltirilishi kerak.
""Sputnik V"ning 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda yurtimizga keltirilishi kutilmoqda. Qolaversa, Gamaleya nomli ilmiy tadqiqot instituti direktori Aleksandr Ginsburg va sohaning qator nufuzli olimlari “Sputnik V” vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oralig‘ini 21 kundan 90 kungacha uzaytirish mumkinligini ma’lum qilishgan. Xulosa qilish mumkinki, vaksinaning komponentlarini qabul qilish oraliq muddati uzayishi ham uning ta’sir kuchiga monelik qila olmaydi", - deyiladi vazirlikning rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Olmaliq shahridagi “Jurabek laboratories” qo‘shma korxonasida ham koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Shu yilning 29-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu korxona faoliyati bilan tanishgan edi.