Toshkentdagi kushxonalar Olmaliq va Ohangaronga ko‘chiriladi - hokimiyat

© Xokimiyat g. TashkentaSkotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalik i Oxangaran
Skotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalik i Oxangaran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Obuna bo‘lish
Kushxona, teri tozalash va parrandachilik korxonalari Olmaliq va Ohangarondagi maxsus sanoat zonalariga ko‘chiriladi - hokimiyat.
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Toshkent shahrida joylashgan terini qayta ishlash va parrandachilik korxonalari, qoramol kushxonalari Toshkent viloyatining Olmaliq va Ohangaron tumanlariga ko‘chiriladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimiyati va “Salar” oqava suvlarni tozalash inshooti atrofida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.
Xabrada aftilishiga ko‘ra, yuqoridagi qaror “Salar” oqava suvlarini tozalash inshooti atrofida badbo‘y hid taralish muammosi atroflicha o‘rganib chiqilganidan qabul qilingan.
“O‘rganish xulosalari asosida, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan terini qayta ishlash, to‘qimachilik, parrandachilikka ixtisoslashgan korxonalar va qoramol qushxonalari Toshkent viloyatining Olmaliq shahri va Ohangaron tumanlarida tashkil etiladigan “Maxsus sanoat zona” lariga ko‘chirilishi lozimligi haqida xulosa qilindi”, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari “Salar” oqava suvlarni tozalash inshooti samaradorligini oshirishga qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgarish” va “No‘g‘oyqo‘rg‘on” mahallalari aholisi uzoq vaqtdan buyon kechki payt yoqimsiz hid tarqalishidan aziyat chekayotgan edi. Ushbu muammo matbuotda ham televideniyeda ham ko‘p marotaba yoritilgan edi.
© Xokimiyat g. TashkentaSkotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalik i Oxangaran
Skotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalik i Oxangaran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Skotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalik i Oxangaran
Dastlab yoqimsiz hid paydo bo‘lishida “Salar” oqova suvlarni tozalash inshooti ayblangan bo‘lsa, keyinchalik bunda ushbu hududdagi kanal bo‘yida joylashgan terini qayta ishlash korxonalari ham bo‘lishi mumkinligi aytilgan edi.
Iyun oyida Salar va Bektemirda 18ta korxonalar faoliyati to‘xtatilib 22 nafar ma’sul shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0