https://oz.sputniknews.uz/20210804/tokio-olimpiadasi-finalga-chiqqan-jalolov-va-kurashchilarning-bronza-yutish-imkoniyati-19951111.html
Tokio Olimpiadasi: finalga chiqqan Jalolov va kurashchilarning “bronza” yutish imkoniyati
Tokio Olimpiadasi: finalga chiqqan Jalolov va kurashchilarning “bronza” yutish imkoniyati
Sputnik O‘zbekiston
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining 12-kuni nihoyalandi. Unda O‘zbekiston vakillari sportning boks, kanoeda eshkak eshish va erkin kurash turlari bo‘yicha omadlarini sinab... 04.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-04T19:14+0500
2021-08-04T19:14+0500
2023-04-05T15:48+0500
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida
boks
kurash
bahodir jalolov
tokio olimpiadasi-2020
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/04/19949559_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_3fe11f18d588b26c8a05c34b036f4401.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining 12-kunida o‘zbekistonlik 6 nafar sportchi o‘z omadini sinab ko‘rdi. Sputnik O‘zbekiston vakillarining bugungi Olimpiya o‘yinlarida chiqishlarini sarhisob qiladi.Kanoeda eshkak eshishKanoechilar Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova chorak final bahsini o‘tkazishdi.Birinchi guruhdagi 200 metr masofaga kechgan bellashuvda dastlab Nilufar Zokirova startga chiqdi. U o‘z guruhida 48.995 soniya natija bilan oltinchi bo‘lib marraga yetib keldi.Ikkinchi guruhda Dilnoza Rahmatova 46.645 soniya ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatgich uning yarim finalga yo‘l olishiga kamlik qildi.Endi O‘zbekiston vakilalari juftlik bahslarida qatnashadilar. Ularga bo‘lajak startda omad tilab qolamiz.Erkin kurashdagi “bronza”ga bo‘lgan umidlarMusobaqalar doirasida dastlab Javrail Shapiyev (-86 kg) Rio-2016 Olimpiadasi va ikki karra jahon chempioni eronlik Hasan Yazdaniyga qarshi gilamga chiqdi. Shapiyev tajribali raqibga qarshi munosib kurashdi. Biroq eronlik yakunda g‘alaba qozonib, keyingi davraga yo‘l oldi. Endi Shapiyev ertaga, 5-avgust kuni bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Unga avvaliga Shveysariya vakili Stefan Reyxmus raqiblik qiladi. Uni mag‘lub eta olsa, rossiyalik Artur Nayfonov bilan bronza medali uchun kurashadi.Ikkinchi kurashchi G‘ulomjon Abdullayev dastlabki davrada xitoylik polvon Mingxu Liuni mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi. Unga mazkur bosqichda so‘nggi 2 karra jahon chempionatining g‘olibi rossiyalik Zaur Uguyev raqiblik qildi. Dastlab Abdullayev hisobda ortda qolayotgan edi. Keyin tarozini o‘z pallasiga og‘dira oldi. Bir necha soniya qolganida rossiyalik polvon hisobni tenglashtirib, so‘nggi ballni qo‘lga kiritgani evaziga g‘alabani ilib ketdi.Uguyev finalga chiqdi va Abdullayevning bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo‘ldi. O‘zbekistonlik kurashchi avvaliga AQSh vakili Tomas Gilman bilan kuch sinashadi. Uni yengsa, eronlik Rizo Atriy o‘rtasida medal uchun jang olib boriladi.Jalolovning boksdagi yorqin g‘alabasiSuper og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi.U bugun murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi. Freyzer Klarkka bilan o‘tgan o‘ta shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi.3-raund o‘tib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. O‘sha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni bo‘yicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finalga yo‘l oldi.Uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi AQSh vakili Richard Torres bo‘ladi. Ular jangi 8-avgust, Olimpiya o‘yinlarining yopilish kunida bo‘lib o‘tadi.Ko‘pkurashdagi shaxsiy rekordTokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida ayollar o‘rtasidagi ko‘p kurash bahslarining bugungi dasturlari yakunlandi. Unda 4 dasturda bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.Ushbu yo‘nalishda Yekaterina Voronina mamlakat sharafini himoya qildi. Bugungi dasturlar davomida u 100 metrga (14.19 soniya) to‘siqlar osha yugurish va 200 metrga (24.67 soniya) yugurish dasturlarida o‘z shaxsiy rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda Voronina 3588 ochko bilan 20-o‘rinda turibdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/04/19949559_137:0:1280:857_1920x0_80_0_0_63a8f0766b3e002650977c0772871c05.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida, boks, kurash, bahodir jalolov , tokio olimpiadasi-2020, sport
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida, boks, kurash, bahodir jalolov , tokio olimpiadasi-2020, sport
Tokio Olimpiadasi: finalga chiqqan Jalolov va kurashchilarning “bronza” yutish imkoniyati
19:14 04.08.2021 (yangilandi: 15:48 05.04.2023) Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining 12-kuni nihoyalandi. Unda O‘zbekiston vakillari sportning boks, kanoeda eshkak eshish va erkin kurash turlari bo‘yicha omadlarini sinab ko‘rishdi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining 12-kunida o‘zbekistonlik 6 nafar sportchi o‘z omadini sinab ko‘rdi.
Sputnik O‘zbekiston vakillarining bugungi Olimpiya o‘yinlarida chiqishlarini sarhisob qiladi.
Kanoechilar Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova chorak final bahsini o‘tkazishdi.
Birinchi guruhdagi 200 metr masofaga kechgan bellashuvda dastlab Nilufar Zokirova startga chiqdi. U o‘z guruhida 48.995 soniya natija bilan oltinchi bo‘lib marraga yetib keldi.
Ikkinchi guruhda Dilnoza Rahmatova 46.645 soniya ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatgich uning yarim finalga yo‘l olishiga kamlik qildi.
Endi O‘zbekiston vakilalari juftlik bahslarida qatnashadilar. Ularga bo‘lajak startda omad tilab qolamiz.
Erkin kurashdagi “bronza”ga bo‘lgan umidlar
Musobaqalar doirasida dastlab Javrail Shapiyev (-86 kg) Rio-2016 Olimpiadasi va ikki karra jahon chempioni eronlik Hasan Yazdaniyga qarshi gilamga chiqdi. Shapiyev tajribali raqibga qarshi munosib kurashdi. Biroq eronlik yakunda g‘alaba qozonib, keyingi davraga yo‘l oldi. Endi Shapiyev ertaga, 5-avgust kuni bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Unga avvaliga Shveysariya vakili Stefan Reyxmus raqiblik qiladi. Uni mag‘lub eta olsa, rossiyalik Artur Nayfonov bilan bronza medali uchun kurashadi.
Ikkinchi kurashchi G‘ulomjon Abdullayev dastlabki davrada xitoylik polvon Mingxu Liuni mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi. Unga mazkur bosqichda so‘nggi 2 karra jahon chempionatining g‘olibi rossiyalik Zaur Uguyev raqiblik qildi. Dastlab Abdullayev hisobda ortda qolayotgan edi. Keyin tarozini o‘z pallasiga og‘dira oldi. Bir necha soniya qolganida rossiyalik polvon hisobni tenglashtirib, so‘nggi ballni qo‘lga kiritgani evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Uguyev finalga chiqdi va Abdullayevning bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo‘ldi. O‘zbekistonlik kurashchi avvaliga AQSh vakili Tomas Gilman bilan kuch sinashadi. Uni yengsa, eronlik Rizo Atriy o‘rtasida medal uchun jang olib boriladi.
Jalolovning boksdagi yorqin g‘alabasi
Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020
finaliga yo‘l oldi.U bugun murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi. Freyzer Klarkka bilan o‘tgan o‘ta shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi.
3-raund o‘tib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. O‘sha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni bo‘yicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finalga yo‘l oldi.
Uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi AQSh vakili Richard Torres bo‘ladi. Ular jangi 8-avgust, Olimpiya o‘yinlarining yopilish kunida bo‘lib o‘tadi.
Ko‘pkurashdagi shaxsiy rekord
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida ayollar o‘rtasidagi ko‘p kurash bahslarining bugungi dasturlari yakunlandi. Unda 4 dasturda bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yo‘nalishda Yekaterina Voronina mamlakat sharafini himoya qildi. Bugungi dasturlar davomida u 100 metrga (14.19 soniya) to‘siqlar osha yugurish va 200 metrga (24.67 soniya) yugurish dasturlarida o‘z shaxsiy rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda Voronina 3588 ochko bilan 20-o‘rinda turibdi.