Prezident Olimpiada oltin medali bilan barchani qutlash uchun majlisni to‘xtatdi

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Obuna bo‘lish
Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevning Tokio Olimpiadasida olgan oltin medali prezident tomonidan quvonch bilan kutib olindi.
TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasida olingan oltin medal haqida xabarni olishi bilan majlisni to‘xtatib barchani qutladi.
"Og‘ir atletika bo‘yicha Tokioda oltin oldik. Bu yangi Olimpiya rekordi. Akbar Jo‘rayev. Hammanglarni tabriklayman. Bu bizning 30-yilligimizga juda katta kuch-qudrat. Meni buni juda kutgan edim", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Majlis ishtirokchilari ham xushxabarni qarsaklab bilan kutib olishdi. Shavkat Mirziyoyevning o‘zi ham o‘rnidan turib qarsak chaldi.
Eslatib o‘tamiz, 109 kg vaznda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev 3-avgust kuni Tokio Olimpadasida 193 va 237 kg vazn ko‘tarim, umumiy natija 430 kg bilan yangi olimpiya rekordi o‘rnatgan edi.
Bu O‘zbekiston Olimpiya jamoasining ikkinchi oltin medali bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0