Mingdan ziyod mahallaga jamoat transporti yetib boradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Obuna bo‘lish
Transport vazirligiga yangi yo‘nalishlar tashkil etish vazifasi topshirildi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi yarmidagi iqtisodiy natijalar tahlili hamda yil yakuniga qadar barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Transport vazirligiga yangi yo‘nalishlar tashkil etib, jamoat transporti yetib bormagan 1 ming 113 ta mahallani qamrab olish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Yig‘ilishda xizmatlar sohasi tahliliga ham alohida e’tibor qaratildi.
“Davlat tomonidan imkoniyat yaratib berildi. Odamlarimiz ham harakatchan, mehnatsevar. Endi xizmatlar sohasida keskin o‘zgarish qilish kerak. Bu yangi ish o‘rinlari tashkil etishning eng arzon yo‘li. Qishloqlarda xizmatlar qancha ko‘paysa, sifat ham oshadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun birinchi bosqichda 7 ta tijorat bankiga 1 trillion 575 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Buning hisobidan hududlarda 2 ming 400 ta loyihani amalga oshirish boshlandi.
Yangiliklar lentasi
0