https://oz.sputniknews.uz/20210804/chexiyada-ikkita-yolovchi-poezd-toqnashib-ketdi-qurbonlar-bor-19952626.html
Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezd to‘qnashib ketdi: qurbonlar bor
Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezd to‘qnashib ketdi: qurbonlar bor
Sputnik O‘zbekiston
Chexiya Transport vazirligi boshlig‘i va Chexiya temir yo‘llari rahbarlari voqea joyiga jo‘nab ketgan. 04.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-04T20:41+0500
2021-08-04T20:41+0500
2021-08-04T20:41+0500
dunyoda
avariya
poyezd qatnovi
chexiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/04/19945986_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_db466d809f283f559c25e2b584afa66f.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Chexiyada Domajlitse va Blijeov bekatlarida o‘rtasida ikkita yo‘lovchi poyezd to‘qnashib ketdi. Bu haqda Novinky.cz nashri xabar bermoqda.Hodisa oqibatida ikkita mashinist va bir yo‘lovchi halok bo‘lgan. 31 kishi jarohat olgan, ulardan besh nafari og‘ir ahvolda. Politsiya uch kishining o‘limini tasdiqlagan.Qayd etilishicha, Ex 351 Zapadni expres tezurar poyezdi Munxendan Pragaga ketayotgan bo‘lgan, yo‘lovchi poyezdi esa Plzen — Domajlitse yo‘nalishida harakatlangan.Chexiya Transport vazirligining ma’lum qilishicha, poyezdlardan birining mashinisti qizil chiroqdan o‘tib ketgan. Poyezd halokatining sabablari o‘rganilmoqda. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar va politsiya ishlamoqda. Shuningdek, to‘rtta maxsus vertolot jalb qilingan.
chexiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/04/19945986_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_bab1c6b3cdf114ca6fb555667953b03e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, avariya, poyezd qatnovi, chexiya
dunyoda, avariya, poyezd qatnovi, chexiya
Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezd to‘qnashib ketdi: qurbonlar bor
Chexiya Transport vazirligi boshlig‘i va Chexiya temir yo‘llari rahbarlari voqea joyiga jo‘nab ketgan.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Chexiyada Domajlitse va Blijeov bekatlarida o‘rtasida ikkita yo‘lovchi poyezd to‘qnashib ketdi. Bu haqda Novinky.cz nashri xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida ikkita mashinist va bir yo‘lovchi halok bo‘lgan. 31 kishi jarohat olgan, ulardan besh nafari og‘ir ahvolda. Politsiya uch kishining o‘limini tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, Ex 351 Zapadni expres tezurar poyezdi Munxendan Pragaga ketayotgan bo‘lgan, yo‘lovchi poyezdi esa Plzen — Domajlitse yo‘nalishida harakatlangan.
Chexiya Transport vazirligining ma’lum qilishicha, poyezdlardan birining mashinisti qizil chiroqdan o‘tib ketgan. Poyezd halokatining sabablari o‘rganilmoqda. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar va politsiya ishlamoqda. Shuningdek, to‘rtta maxsus vertolot jalb qilingan.