https://oz.sputniknews.uz/20210803/toshkentda-issiqliq-taminoti-tizimini-boshqarish-frantsiya-kompaniyasiga-topshirilishi-mumkin-19925578.html
Toshkentda issiqliq ta’minotini boshqarish Fransiya kompaniyasiga topshirilishi mumkin
Toshkentda issiqliq ta’minotini boshqarish Fransiya kompaniyasiga topshirilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Prezident taklif etilayotgan loyihani dastlab Toshkentning bir mavzesida sinovdan o‘tkazishni va har tomonlama chuqur o‘ylab, qaror qabul qilish kerakligini... 03.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-03T11:08+0500
2021-08-03T11:08+0500
2021-08-03T11:10+0500
jamiyat
toshkent
issiqlik ta’minoti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/03/19925671_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_4428a45d2f7ef27ac7a07466cd6797c1.jpg
TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Fransiya kompaniyasi Toshkentda issiqlik ta’minoti tizimini boshqarishi mumkin. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida xabar qilindi.Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent shahrida ishlayotgan issiqlik ta’minoti tizimida muammolar bir talay. Qozonxona uskunalarining eskirishi 90%gacha, issiqlik energiyasi yo‘qotilishi 44 %ni tashqil qilmoqda. Xizmat sifati pastligi aholining noroziligiga hamda qarzlar miqdori oshishiga sabab bo‘lmoqda.Ushbu munosabat bilan, 2019-yilda prezidentning maxsus qarori qabul qilingan va unga muvofiq loyha konsepsiyasi tayyorlangan edi. O‘tkazilgan tender natijasida Fransiya kompaniyasi g‘olib deb topildi.Loyihaga ko‘ra, “Veolia” kompaniyasi tomonidan 315 million yevro, loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 milliard 80 million yevro yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.Ushbu mablag‘lar evaziga 181 ta qozonxona modernizatsiya, 841 kilometr tarmoq rekonstruksiya qilinib, 576 kilometr tarmoq yangidan qurilishi rejalashtirilgan.Shavkat Mirziyoyev taklif etilayotgan loyihani Toshkent shahridagi mavzelardan birida namuna sifatida joriy etib, samaradorligini tajribadan o‘tkazish, har tomonlama chuqur o‘ylab, qaror qabul qilish zarurligini ta’kidladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/03/19925671_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_522f8a1f7c2d1eb93a7a591577697538.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, issiqlik ta’minoti
jamiyat, toshkent, issiqlik ta’minoti
Toshkentda issiqliq ta’minotini boshqarish Fransiya kompaniyasiga topshirilishi mumkin
11:08 03.08.2021 (yangilandi: 11:10 03.08.2021) Prezident taklif etilayotgan loyihani dastlab Toshkentning bir mavzesida sinovdan o‘tkazishni va har tomonlama chuqur o‘ylab, qaror qabul qilish kerakligini ta’kidladi.
TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Fransiya kompaniyasi Toshkentda issiqlik ta’minoti tizimini boshqarishi mumkin. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida
xabar qilindi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent shahrida ishlayotgan issiqlik ta’minoti tizimida muammolar bir talay. Qozonxona uskunalarining eskirishi 90%gacha, issiqlik energiyasi yo‘qotilishi 44 %ni tashqil qilmoqda. Xizmat sifati pastligi aholining noroziligiga hamda qarzlar miqdori oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu munosabat bilan, 2019-yilda prezidentning maxsus qarori qabul qilingan va unga muvofiq loyha konsepsiyasi tayyorlangan edi. O‘tkazilgan tender natijasida Fransiya kompaniyasi g‘olib deb topildi.
Osiyo taraqqiyot bankining xulosasiga ko‘ra, Fransiyaning “Veolia” kompaniyasining loyihasi eng samarador deb topildi. Bu kompaniya Polsha, Chexiya, Ruminiya, Litva, Germaniyadagi shaharlarda issiqlik tizimini boshqarish tajribasiga ega. Shu kunlarda Toshkent shahar hokimligi bilan kompaniya o‘rtasida xususiy sheriklik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, “Veolia” kompaniyasi tomonidan 315 million yevro, loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 milliard 80 million yevro yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu mablag‘lar evaziga 181 ta qozonxona modernizatsiya, 841 kilometr tarmoq rekonstruksiya qilinib, 576 kilometr tarmoq yangidan qurilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev taklif etilayotgan loyihani Toshkent shahridagi mavzelardan birida namuna sifatida joriy etib, samaradorligini tajribadan o‘tkazish, har tomonlama chuqur o‘ylab, qaror qabul qilish zarurligini ta’kidladi.