Samarqandda chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan 6 karra O‘zbekiston chempioni qamaldi

© Sputnik / Pavel LisisinNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2021
Obuna bo‘lish
Samarqandda mashg‘ulotlarga birga qatnaydigan yigitdan homilador bo‘lib qolgan O‘zbekiston chempioni farzandini sotayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Samarqand viloyatida nomi ochiqlanmagan 6 karra O‘zbekiston chempioni 4 kunlik chaqalog‘ini 2,5 ming AQSh dollariga sotayotganida ushlangan. Bu haqda "Zamon" dasturida xabar berildi.
Aniqlanishicha, 25 yoshli sportchi qiz o‘zi bilan birga sport mashg‘ulotiga qatnaydigan yigitdan homilador bo‘lib qolgan.
Sud unga nisbatan hukm chiqardi. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmagani aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi) bilan aybdor deb topildi va 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0